Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Bosh hisobchi tashkilotning tegishli bo‘linmalari va xizmatlarining
rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat
qilishi shart:
– tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini
rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
– mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining to‘g‘ri sarflanishi, mansab
maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga
qat’iy rioya etilishini;
– pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni
inventarizatsiya qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini baja-
rishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
– belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va
kreditorlik qarzni qaytarilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rili-
shini, to‘lov intizomiga muntazam rioya etishni;
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini
ta’minlash.
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
– buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga
kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto‘g‘ri tuzilganda);
– pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim
qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga
zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul
qilingan hollarda;
– pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va


202
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga
oshirilganda;
– kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni bux-
galteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
– buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar talablari buzilganda.
Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar)
lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi
bosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi.
Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita
tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek,
xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni
belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi
ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari
bosh hisobchi tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan
jadval asosida belgilanadi.
Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) buxgalteriyaga
buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy
hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart.
Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to‘liq rasmiy-
lashtirilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklarning kirimi
va chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada
rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga
topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs
ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlarni rasmiy-
lashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar
shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi
bo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order —
jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin