ILOVALAR 1- i l o v a
BUXGALTERIYA HISOBIGA OID ATAMALAR LUG‘ATI Ayni paytda ongimizga ishbilarmonlik, tadbirkorlik, bank sohalaridagi ijtimoiy-
iqtisodiy hodisalarni o‘z vaqtida tahlil qilib qayd etish kundalik hayotimizdan o‘z
o‘rnini topmoqda. Shu bois, davr ruhigà hamnafas iqtisodiy g‘oyalarni, jumladan,
buxgalteriya hisobini o‘rganishda zarur bo‘lgan ibora va iqtisodiy atamalarning
izohli lug‘ati kasb-hunar kollejlari talabalari bilimini boyitishida ushbu qo‘llanmani
yanada to‘ldiradi.
A Avans – bo‘nak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan
oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat va h.k.
Avizo – hisob-kitob operatsiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank
tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operatsiyalari,
yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o‘tkazishlar, chek yozuvlari,
akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma’lumotlarning
berilishi.
Averaj – tovarning o‘rtacha miqdori.
Akkreditiv – (lat. accredo-ishonaman) – bank yoki omonat banklarining biror shaxs
yoki tashkilotga ma’lum miqdordagi mablag‘ni berish haqida boshqa
bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog‘ozi, masalan, jamg‘armalar
bankiga qo‘yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun
berilgan hujjat.
Aksiz – keng iste’mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga
solinadigan qo‘shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko‘rsa-
tilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar)
narxi ustiga qo‘yiladi.
Aksiya – aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga
o‘z hissasini qo‘shgan paychilarga, ya’ni hissadorlarga beriladigan
va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat,
qimmatbaho qog‘oz. A.turli ko‘rinishda bo‘ladi: «nomli» A.– umumiy
yig‘ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend
olish huquqini (kafolatsiz) beradi; «imtiyozli» A.– aksionerga faoliyat
natijasidan qat’i nazar muayyan miqdordagi dividend olish kafolatini
beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz berish
huquqini bermaydigan aksiya.
Aksept – 1. shartnoma tuzishga rozilik. 2. Veksel (tratta) bo‘yicha qarzni to‘lab
berish. 3. To‘lovchining hujjatga muvofiq pul o‘tkazib berishga
kafolatli roziligi.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida
avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar
231
quyidagi turlarga bo‘linadi: uzoq muddatli aktivlar; aylanma (joriy)
aktivlar.