232
ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida
ishlatiladi.
Bank
– yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini
bir joyga to‘plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi,
korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi,
tomonlar o‘rtasida to‘lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik
qilib turuvchi, oltin va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni
bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lum
foiz to‘lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va
ana shu foizlar o‘rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi
Bank foiz
– bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz
summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. BFS. o‘zgaruvchan
ko‘rsatkich bo‘lib, bank ssudasi qarzga bo‘lgan muhtojlikka qarab
o‘zgartiriladi. BFS miqdori bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga
muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda
berilishiga bog‘liq.
Bank
– korxona va tashkilotlarning banklardagi hisob-kitob schyotlaridan
pul mablag‘larining harakati haqidagi bildirgi. Bank ko‘chirmasi
bankda korxona hisob-kitob schyoti bo‘yicha amalga oshirilgan
yozuvlarning nusxasi hisoblanadi.
Bankomat – mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali
bog‘langan naqd pul beruvchi elektron moslama.
Biznes
– (inglizcha business–ish, faoliyat, mashg‘ulot ) boylik, foyda orttirishga
yo‘naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab
yirik, o‘rta va mayda turlarga bo‘linadi. Xodimlarning o‘rtacha soni
va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi.
Biznes reja – bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida
qo‘llanadigan muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ish jarayoni haqida
ma’lumot beradi. Uning yordamida firma o‘sib borishi, istiqbolni
belgilab borishi, daromadini ko‘paytirishi mumkin. BR o‘ta muhim
moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatini barcha qirralarini tahlil
qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjati bo‘lib, balki kredit
olishi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlardan biridir.
Dostları ilə paylaş: