51
Yoqilg‘i – ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari.
Ehtiyot qismlar – mashina
va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan
qismlarni almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning
detal, agregat va qismlari.
Qurilish materiallari – bevosita qurilish, montaj ishlari jarayonida,
qurilish
qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida
konstruksiya va qurilmalarini ko‘tarishda hamda qurib tugatishda
foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta,
shifer, mix kabi materiallar.
Idish va idish materiallari – turli material va mahsulotlarni o‘rash,
joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga
yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari –
ushbu guruhga korxona xo‘jalik
faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez
eskiruvchi buyumlar kiradi.
Qayta ishlashga berilgan materiallar –
korxona balansida turgan,
qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga,
asosan, qayta ishlash uchun o‘zga korxonaga berilgan chorvachilik,
o‘rmon xo‘jaligi hamda o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: