Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va jihozlarni hisobga olish, saqlash, ko’rikdan o’tkazish, sinash va ta’mirlash bo’yicha yo’riqnoma v-26
Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va jihozlarni hisobga olish, saqlash, ko’rikdan o’tkazish, sinash va ta’mirlash bo’yicha
YO’RIQNOMA
V-26
“Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman”
1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi
____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil
«____»_______________yil «____»______________yil
Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va jihozlarni hisobga olish, saqlash, ko’rikdan o’tkazish, sinash va ta’mirlash bo’yicha YO’RIQNOMA V-26
1. Xavfsizlikning umumiy talablari
1.1.Yo’riqnoma metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va
jihozlarni ishlatish, hisobga olish, saqlash, ta’mirlash va sinashni amalga oshiruvchi, shuningdek gaz xo’jaligiga javobgar shaxslar uchun mo’ljallangan.
1.2.Yo’riqnomaning ta’siri barcha turdagi payvandlash gorelkalari, barcha turdagi ham dastaki, ham mashinali qirqgichlar, barcha turdagi kislorodli, astetilenli va propanli reduktorlar, ko’chma stastionar gaz bilan qirqgich mashinalar, metallarni gaz bilan payvandlash va qirqish uchun shlanglarga tadbiq etiladi.
1.3.Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi jihozlarning va apparaturalarni tekshirish, ta’mirlash va sinash bo’yicha ishlarni bajarishga ruxsat beriladigan shaxslar:
-18 yoshdan kichik bo’lmaganlar;
-tibbiy ko’rikdan o’tganlar;
-kasbiy malakaga ega, ushbu ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va amalllariga o’qigan, imtihon topshirgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar;
-kirish instruktaji, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo’yicha instruktajni o’tganlar.
1.4.Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va jihozlarning tekshirishni, ta’miri va sinovini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga majbur:
-ichki mehnat tartibi qoidalarini, yong’in xavfsizligi va mazkur yo’riqnoma talablarini bajarishga;
-ish vaqtida o’zi bilan birga, ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha bilimlari tekshirilganligi haqidagi guvohnomani olib yurishga;
-me’yorlarga muvofiq berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzal va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanishga;
-ishning bajarishdagi xavfli omillari va xavfsiz amallarni bilishga;
-ishni xavfsiz bajarishning iloji bo’lmaydigan barcha buzilishlar haqida bevosita ishlar rahbariga xabar berish.
1.5. Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan
-O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni;
-xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini;
-“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart.
1.6.Mazkur yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzilishi hisoblanadi.Bunda aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.