4. Apparatura ta’mirini tashkil etish
4.1.Gaz qirqish va payvandlash apparaturasini qayta tiklash ta’miri, ehtiyoj qismlarini tayyorlash, shuningdek ularning ta’mirdan keyingi tekshirish va sinovidan o’tqazish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Nazorat o’lchov asboblarining ta’miri maxsus ustaxonalarda amalga oshirilish lozim.
4.2.Gaz apparaturasining markazlashtirilgan ta’mirini o’tkazish uchun, portlashga xavfli gazlar bilan bog’liq apparatura bilan ishlash talablariga javob beruvchi xona ajratilgan bo’lishi kerak. Bunday xonada shamollatish ta’minlangan, moy va yog’lar tushishi ehtimoli bartaraf etilgan bo’lishi lozim. Apparatura va boshqalarni sinash paytida gazlar bilan oziqlanish manbaalaridan xavfsiz masofa ta’minlanishi lozim. Xona yong’in o’chirish vositalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
4.3.Sinash va ta’mirlash uchun ustaxonaga kelib tushgan apparaturaning qayd qilinishi gaz qirgich apparturalarini hisobga olish va sinash hamda ta’mirlashni qayd etish jurnalida amalga oshiriladi.
4.4.Apparatura ta’miri texnologik yo’riqnoma (xarita) ga binoan o’tkazilishi lozim.
4.5.Kislorodli reduktorlar, ventillar, gorelkalar, rezaklarning qismlarga ajratish (bo’laklash), ta’mirlash va yig’ishni, organik shisha (plastiglasli), varaqsimon (tunuka) alyuminiy, latun yoki plastmassalar bilan qoplangan stolda, astetilenli apparaturadan alohida o’tkazish zarur. Stol yuzasini (ustini) loydan doimiy tozalab turish va yog’sizlantirib turish lozim. Toza kiyimda va moylanmagan qo’llar bilan ta’mirlashni amalga oshirish lozim.
4.6.Rezaklar, gorelkalar, astetilenli reduktorlar, suv tambasi va boshqa astetilenli apparaturani qismlarga ajratishdan (bo’laklashdan) oldin quruq tozalangan havo yoki azot bilan tozalash zarur.
4.7.Iflos, moylangan asbob bilan ta’mirni amalga oshirish, ifloslangan surtish materiallaridan foydalanish taqiqlanadi.
4.8.Yig’ishdan oldin ta’mirlanayotgan apparaturaning hamma detallarini yaxshilab moysizlantirish, issiq suv bilan yuvish, moydan toza havo oqimi bilan quritish yoki quruq qilib artish zarur.
4.9.Gaz reduktorlarni ta’mirlangandan keyin gaz reduktorlarining redustiyalash tugunlari va birikmalari (ajratuvchi va kavsharlovchi) jips yopilishi, ish bosimining rostlashni ravonligi tekshirilishi lozim.
4.10.Ta’mirlashdan keyin rezaklar va gorelkalar gaz singdirmasligiga, haydash qobiliyati va yonishi sinab ko’riladi; bunda teskari zarbalar bo’lmasligi lozim.
4.11.Shlangni ta’mirlash zarurati bo’lganda, uning ishdan chiqqan joyi kesib olinishi, qolgan bo’laklari esa maxsus ikkitomonlama shlangli nippellar bilan biriktirilishi lozim. Shlanglarni silliq quvur bo’laklari yordamida biriktirish (ulash) taqiqlanadi.
4.12.Shlangni tutashtiruvchi uchastkasining eng kam uzunligi 3m dan kam bo’lmasligi kerak; shlang tutashlari soni 2 tadan ortiq bo’lmasligi kerak.
4.13.Manfiy temperaturada saqlangan shlang montajdan oldin 24 soatdan kam bo’lmagan vaqt mobaynida xona haroratida ushlanishi lozim.
4.14.Ishdan chiqqan qayta ta’mirlash bilan tiklashning iloji bo’lmagan apparatni yaroqsizga chiqarish, ta’mirlash ustaxonasida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |