130
5.
Chorvachilikdan chiqqan chiqindilar dehqonchilik
ekinlari uchun sarflandi
2010
2010
6.
Chorvachilikdagi ishchilarning
ish haqidan ijtimoiy
sug‘urtaga ajratmalar hisoblandi
2010
6510
7.
Chorvachilikdan 10 bosh chorva mollari olindi
1110
2010
8.
Chorvachilikdan
tayyor mahsulot olindi
2810
2010
Bu muomalalar schyotlar sxemasida quyidagicha aks ettiriladi:
D 1010 K
D 2010 K
D 2010 K
(1)
(5)
D 6710 K
D 1110 K
(2)
(7)
D 0210-0299 K
D 2810 K
(3)
(8)
D 2010 K
(4)
D 6510 K
(6)
Chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlash. Yil oxirida
chorvachilik mahsulotlari tannarxini aniqlashdan oldin 2010-schyoti
tekshiriladi, ya’ni har bir chorva turi, guruhi bo‘yicha
umumiy xarajat
va yil davomida olingan mahsulotlarning umumiy summasi aniqlanadi.
Bunda xarajatlar hisobi obyekti bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi uchun
kish-soat, ozuqa kunlari va ozuqa birliklari hisobga olinishi zarur.
Chorvachilikda asosiy mahsulot (sut, jun, tuxum, tirik vazn va
boshqalar) tannarxi hisoblash obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘shimcha
mahsulotlarga, go‘ng, parranda pati, nobud bo‘lgan
hayvonlardan olinadign nimta go‘sht va boshqalar kiradi.
Yondosh mahsulotlarga teri,
kalla-pocha, tuyoq, shoxlar va boshqalar
kiradi. Go‘ngning tannarxi uni suyiltirish, saqlash
va chiritish xarajat-
laridan iborat bo‘lib, normativ baholarda baholanadi.
Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulot tannarxiini hisoblash
usuliga hisoblash obyekti bo‘lib, sut va buzoqlar hisoblanadi. Bir s sut
131
va bir bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sut yo‘nalishidagi
qoramollarga qilingan yillik xarajatlar summasidan go‘ng,
jun va boshqa
mahsulotlar qiymati ayirib tashlanadi. Masalan: hisob yilida «Ochil
Qodirov» fermer xo‘jaligida sigirlarni boqish uchun qilingan xarajatlar –
8406000 so‘m. Xo‘jalik yilida 14200 s sut, 8 bosh buzoq va 2680
so‘mlik go‘ng olingan.
Bunda go‘ng normativ qiymati chiqarib tashlanadi.
8406000 - 2680 = 8403320 so‘m qolgan xarajatlar summasining
90% sut miqdoriga, 10 % buzoqlar bosh soniga bo‘linadi.
Xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi:
a) sut bo‘yicha – 8403320x90%:100=7562988 so‘m.
b) buzoq bo‘yicha – 8403320x10%:100=840332 so‘m.
1 s sutning va bir bosh buzoqning tannarxini aniqlaymiz.
a) 1 s sut – 7562988:14200=532 so‘m 60 tiyin.
b) 1 bosh buzoq – 840332:8=105041 so‘m 50 tiyin.
Yil oxirida chorva mahsulotlarining
haqiqiy tannarxi bilan reja
tannarxi o‘rtasidagi farq tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Ortiqcha
xarajatlar oddiy siyoh bilan qo‘shimcha provodka usulida, tejalgan
summa esa qizil storno usulida yoziladi.
Dostları ilə paylaş: