Xudoyqulova farangizning mutaxassislik faniga kirish fanidan



Yüklə 1,51 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#181448
Oziq–ovqat mahsulotlaridan kasallanish va ularning oldini olish


TAQDIMOTI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TEXNOLOGIK TA’LIM (SIRTQI) YO’NALISHI
2-BOSQICH 202- GURUH TALABASI
XUDOYQULOVA FARANGIZNING
MUTAXASSISLIK FANIGA KIRISH FANIDAN
TAYYORLAGAN
Oziq–ovqat mahsulotlaridan kasallanish va ularning oldini olish
Reja:
  • Umumiy tushunchalar.
  • Oziq–ovqat infektsiyasi.
  • Oziq–ovqatdan zaharlanish.
  • Zamburug’ tabiatli oziq–ovqat intoksikatsiyasi.
  • Oziq–ovqat toksiko infektsiyasi.

Umumiy tushunchalar.
Toksigen mikroorganizmlar ta‘sirida oziq–ovqat sababchi bo’lgan kasalliklar oziq–ovqat kasalliklari deyiladi. Bu mikroorganizmlar mahsulotlarga turli xil yo’llar bilan tushadi. Ular xizmat qiluvchi va qayta ishlovchi xodimlarning qo’li orqali yoki realizatsiyaga chiqarilayotgan mahsulotlarga havodagi chang orqali, iflos suv yoki muz orqali, hamda iflos idishlar bilan kontaktda bo’lganda yuqadi.
Oziq–ovqat infektsiyasi.
Oziq–ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda, saqlashda va realizatsiya qilishda sanitariya–gigenik rejimlari buzilganda ular odamlar uchun infektsion kasalliklarning manbai bo’lib hisoblanadi.

Ovqatlarning zaharliligi turli xil sabablar bilan asoslanadi. Zaharlanish mahsulotlarning tabiiy zaharliligidan (ba‘zi turdagi baliqlar, zamburug’lar, rezavor mevalar va boshqalar) yoki oziq–ovqatga zaharli moddalarning tushushi natijasida (mis, qo’rg’oshin, rux va boshqalar) kelib chiqadi.
Brutsellyoz.__Brutsellyoz'>Oziq–ovqatdan zaharlanish
Brutsellyoz.
Brutsellyoz – bola tashlash belgilari bilan odam va hayvonlarda uchraydigan kasallikdir. Brutsellyoz qo’zg’atuvchisi birinchi marta 1886 yili o’lgan kishi tanasidan ingliz olimi Bryus tomonidan topilgan va Makrokokkus melitenzis deb nomlangan.
Brutsellyoz
Botulizm
Oziq–ovqat mahsulotlaridagi Clostridium botulinum bakteriyasining toksini orqali juda og‘ir zaxarlanish. Oziq–ovqat mahsulotlariga tushib qolgan botulizm kasalligini uyg’otuvchisining ko’payishi va toksin ajratishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi. Botulizm uyg’otuvchisi spora hosil qiluvchi tayoqcha.
Oqsim (yashur) kasalining virusi. Oqsim o’tkir zoonoz kasallik bo’lib, asosan yirik qoramollarda, qo’y, echki, cho’chqalarda, yovvoyi hayvonlardan juft tuyoqli hayvonlarda uchraydi va ulardan odamga o’tadi.
Kuydirgi (Sibirskaya yazva. Antrakas) – odamlarga yuquvchi, hayvonlarning o’tkir infektsion kasalligidir. Bu kasallikni qo’zg’atuvchisi – Bats antratsis. Birinchi bo’lib 1849 yili kuydirgining batsillalarini Pollender topgan edi.
Kuydirgi tayoqchasining vegetativ hujayralari tashqi muhitga uncha chidamli emas. Ular +55 darajada 40 minutda, +60 darajada esa 15 minutda, qaynaganda esa darhol halok bo’ladi.
Tuberkulyoz.
Tuberkulyoz (sil) surunkali yuqumli kasallikdir. Uning qo’zg’atuvchisini 1882 yili Robert Kox topgan va unga mikrobakterium tuberkulezis deb nom bergan. Sil bilan odam, sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar kasallanib, organ va to’qimalarda maxsus tugunchalar – tuberkulalar hosil bo’lishi bilan ifodalanadi.

Morfologiyasi va biologik xususiyatlari.
Tuberkulyoz tayoqchasining bo’yi o’rtacha 0,8 – 5,5 mkm, eni 0,2 – 0,6 mkm bo’lib, shakli har xil (polimorfizm). Kalta va uzun, ingichka va yo’g’on, to’g’ri va qayrilgan, sidirg’a va donador tayoqchalar shaklida uchraydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Buriev S. «Mikrobiologiya va virusologiya asoslari» fanidan ma‘ruza matnlari. Buxoro, 2000 y.
  • Vakil M.M., Jarikova G.G., Xoshimov X. Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari. Toshkent, 1999 y.
  • Gariev B.G. Mikrobiologiya. Toshkent, «Mehnat» nashriyoti, 1990 y.
  • Kabulova F.D., Keldiyarov X.A. Mikrobiologiya i virusologiya. Samarkand, 2001 y.
  • Mustaqimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1995 y.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin