Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi.

Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.