54. Bozor mexanizmi - ... . a) iste’molchilar harid qobiliyati bilan belgilanadigan tovar sotish imkoniyatlari
b) bozorda talab bilan taklifning o‘zaro teng bo‘lgan vaziyati
c) bozorning bir yoki bir necha o‘xshash tovar taklif etadigan korxonalar egallagan qismi
d) bozor ob’ektiv qonunlarining o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikda amal qilish shakli
55. Konyunktura prognozi nima? a) konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi
b) bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi
c) bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligini muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishini rasmiylashtiradigan hujjat
d) bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir
56. Bozor kon’yunkturasiga ta’sir qiluvchi mikroiqtisodiy omillar keltirilgan qatorni toping. a) talab va taklif, investitsiyalar va iste’mol darajasi
b) aholi bandligi, milliy daromad, iste’mol darajasi
c) talab, taklif, raqobat, narx
d) eksport va import hajmi, raqobat
57. Bozor kon’yunkturasini prognoz qilishda foydalaniladigan trend modeli prognoz qilishning qaysi uslubida qo‘llaniladi? a) faktografik uslubi
b) ekstrapolyatsiya uslubi
c) ekspertlar uslubi
d) ekonometrik modellar
58. Bozor segmenti deb nimaga aytiladi? a) iste’molchilar harid qobiliyati bilan belgilanadigan tovar sotish imkoniyatlari
b) bozorning bir yoki bir necha o‘xshash tovar taklif etadigan korxonalar egallagan qismi
c) talab-istaklari, bozordagi xatti-harakatlari, marketing vositalari ta’siriga javoblari bir xil, o‘xshash bo‘lgan iste’molchilar guruhi
d) qandaydir talablari qondirilmay qolgan iste’molchilar guruhi
59. “Bozor segmentatsiyasi” atamasi ilk bor qachon va kim tomonidan qo‘llanildi? a) 1908 yil, Flipp Kotler
b) 1950 yil, Peter Drukker
c) 1965 yil, Tyodor Levitt
d) 1950 yil, Uendell Smit