Shunday qilib, jismoniy va yuridik shaxs o'rtasidagi farq quyidagicha ekanligini aniqlash mumkin:
Shaxs, aslida, tabiatning yaratuvchisidir. O'z navbatida, tashkilot ma'lum bir maqsad uchun bir guruh shaxslar yoki shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Tashkil etilgan paytda yuridik shaxs qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Inson ma'lum bir yoshga etishi va o'z xatti-harakatlari haqida hisobot berishi kerak.
Yuridik shaxs ma'muriy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin, jismoniy shaxs esa intizomiy, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shaxs o'z faoliyatini vafot etganda to'xtatadi (yurak urishi yo'qolishi va nafas olish to'xtab qolishi bilan), tashkilot esa tugatilgandan keyingina.
4.Jismoniyva yuridik shaxslarning huquq va va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar bilan ishlashning kanstitutsiyaviy kafolatlari. Mamlakatimizda o‘tgan yillar mobaynida inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligi prinsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab qo‘yildi (13-modda).
Ushbu konstitutsiyaviy prinsip doirasida Asosiy Qonunimizning 7-9-boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq, erkinliklari hamda ularning kafolatlari belgilab berildi. Xususan, Qomusimizning 7-bobida insonning shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan bo‘lib, ular tizimida fuqarolarning ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasi mazmunidan anglashiladigan ushbu huquq mazkur moddada O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari zimmasiga ushbu materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berish majburiyati tarzida yuklangan. Mazkur konstitutsiyaviy norma o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning Konstitutsiyaning 29-moddasida mustahkamlangan har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi hamda 32-moddada belgilangan jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi bilan uzviy bog‘liqdir. Ya’ni, fuqarolar o‘zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib 111 chiqish orqali boshqa konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Asosiy Qonunimiz 30-moddasida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratib berish majburiyati axborot erkinligi kafolatlaridan biri bo‘lib, ushbu konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining o‘ndan ortiq qonun hujjatlarida yanada rivojlantirilgan, uni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha mexanizm va tartibotlar belgilab berilgan. Xususan, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8- moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berish bilan bog‘liq bir qator mexanizmlar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, Konstitutsiya bo‘yicha tegishli majburiyat yuklangan yuqorida qayd etilgan sub’ektlar maqbul axborot resurslari yaratishlari, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashlari shart. Shu singari normalar O‘zbekiston Respublikasining boshqa bir qator amaldagi qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topgan. Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi to‘g‘ridan to‘g‘ri “O‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi”ga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur ma’lumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega. O‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 112 Bu borada 2017-yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririda ham Asosiy Qonunimizning 30-moddasidan kelib chiquvchi bir qator muhim qoidalar belgilangan. Xususan, unda davlat organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari murojaatni ko‘rib chiqish chog‘ida murojaat qiluvchilarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi shartligi belgilangan. Shu bilan bir qatorda qonun hujjatlarida sud ish yurituviga jalb qilingan shaxslarning axborot bilan tanishishga bo‘lgan huquqlarining qo‘shimcha mexanizmlari ham belgilangan. Xususan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, FPK 9-moddasi; XPK 10-moddasi va JPK 20-moddasida sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish huquqi ta’minlanishi belgilangan. Asosiy Qonunimizning 30-moddasida belgilangan normaning amalga oshirilishida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida ishlab chiqilgan va 2014-yil 5-may sanasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida belgilangan normalarni amalga oshirishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etdi. 113 Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, ushbu konstitutsiyaviy normani to‘liq realizatsiya qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 44-moddasida “Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish” uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilgan. Unga ko‘ra, mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etishi tegishli tartibda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni ushbu konstitutsiyaviy normani amalga oshirish bilan bog‘liq bir qator muhim qoidalarni belgilab berdi. Xususan, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida belgilangan fuqarolarning o‘zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishga bo‘lgan huquqlari mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasidagi amalga oshirilayotgan izchil va uzluksiz islohotlar sharoitida yangicha mazmun bilan boyimoqda hamda ushbu konstitutsiyaviy huquqni ta’minlashning yangi usul va mexanizmlari joriy etilmoqda.