Buxgalteriya hisobi, va audit



Yüklə 49,08 Kb.
səhifə7/13
tarix14.04.2023
ölçüsü49,08 Kb.
#97923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
23 mavzu YUridik va Jismoniy shaxslar kurs

Soliq to‘lovchilar
Mulkida ushbu Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol‑mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Soliq solish ob’ekti
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari;
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar.
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlarga ushbu ob’ektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu ob’ektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;
4) ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
Soliq bazasi
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol‑mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — 210 million so‘m miqdorda, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — 82 million so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’ekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.

Yüklə 49,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin