Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil


Darsdan tashqari mustaqil ishlar uchun vazifalar turlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#167110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTMI uslubiy korsatma Ekonometrika iqtisod buxgalteriya 3 kurs

Darsdan tashqari mustaqil ishlar uchun vazifalar turlari:
Bilimga ega bo‘lish uchun: matnni o‘qish (darslik, manba, qo‘shimcha adabiyot); hisobotlar, ma’lumotlar, tezislar tayyorlash, taqdimotlar, o‘quv-tadqiqot ishlarini bajarish;
Bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirish uchun: matnni tuzish, matn rejasini tuzish; tizimli va mantiqiy sxemalarni tuzish, matn strukturasini jadval va grafiklar orqali boyitish; lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash, glossariylar, testlar va ularga javob berish va boshqalar;
Ko‘nikmalarni shakllantirish uchun: amaliy vazifalar va mashqlarni bajarish, namuna bo‘yicha hisoblash-ishlab chiqarish (professional) vazifalarni tuzish va hal etish; iqtisodiy tahlil modellarni ishlab chiqarish; audio va video yozuvlar, kompyuter texnikasi, internet va boshqalardan foydalanish lozim.


Darsdan tashqari mustaqil ishlar uchun vazifalar:

  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda uy ishlarini bajarish;

  • mavzu bo‘yicha referat yoki esse yozish;

  • masalalar (keys-stadi) tuzish;

  • glossariy tuzish;

  • taqdimotlar tayyorlash;

  • mavzular bo‘yicha test va krossvordlarni tuzish;

  • ilmiy-amaliy anjumanlarga tezis tayyorlash;



Darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Mustaqil ish vazifalarini bajarish uchun batafsil algoritmni o‘z ichiga olgan uslubiy ko‘rsatmalarning maqsadi mustaqil ishning samaradorligini ta’minlash, uning mazmunini aniqlash, ro‘yxatga olish uchun talablarni belgilash va mustaqil ishlarning natijalarini ta’minlashdir. Auditoriyadan tashqari mustaqil ish talaba tomonidan o‘qituvchining rahbarligi ostida, ammo uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi. O‘qituvchi tomonidan mustaqil ishlarni nazorat qilishning shakllari va usullari sifatida konsultatsiyalar, amaliy mashg‘lotlari, test, nazorat ishlari qo‘llaniladi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin