Asosiy vositalar korxonaning o‘zi tomonidan qurilganda, qurilishga qalingan harajatlarga quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet: 0810 «Kapital qurilish»;
Kredit: 1050, 6710, 6520, 2310, 2510, 0200 va boshq.
Qurib bitkazilgan asosiy vositalarga qabul-topshirish dalolatnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari beriladi:
Debet:0120 «Bino va inshoatlar»
Kredit: 0810 «Kapital qurilish».
Asosiy vositalar sotib olinayotganda, u ishchi holatga kelgunga qadar qilingan barcha harajatlar dastlab kapital investitsiya sifatida jamlanadi (schyot- faktura, dalolatnomalar, turli hisob-kitoblar asosida):
Debet: 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»
Kredit: 6010, 6990, 1050, 6710, 6520 va boshq.
Ishchi holatga keltirilgan asosiy vosita foydalanishga qabul qilinadi (qabul- topshirish dalolatnomasi asosida):
Debet: 0100 «Asosiy vositalar»
Kredit: 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish».
Asosiy vositalarning bepul olinishi shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda qo‘yidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: