78
imzolar va muhr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
ta‟sis hujjatlari va unga kiritilgan o„zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga
ega bo„lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Chet el valutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hi-
sobvaraqlarini norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin.
Quyidagi norezident yuridik shaxslar talab
qilinguncha saqlanadigan
depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin:
O„zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, chet davlat-
larning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, jumladan O„zbekiston Res-
publikasi tashkilotlari ishtirokida ochilgan tashkilotlarga;
O„zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy diplomatik, sav-
do va boshqa rasmiy vakolatxonalarga, immunitet hamda diplomatik im-
tiyozlardan foydalanuvchi
xalqaro tashkilotlarga;
O„zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot
va firmalarning xo„jalik va tijorat faoliyati bilan shug„ullanmaydigan
vakolatxonalariga.
Yuqorida sanab o„tilgan yuridik shaxslar talab qilinguncha saqla-
nadigan depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so„-
ralgan ariza, soliq to„lovchining ro„yxatdan o„tib, identifikatsiya raqami
olganligi to„g„risidagi guvohnoma nusxasi,
imzolar va muhr namunasi
tushirilgan va tasdiqlangan varaqcha va norezident yuridik shaxs nomi-
dan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo„lgan shaxs-
ning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Jismoniy shaxslar ham chet el valutasida hisobvaraq ochishlari
mumkin. Rezident va norezident jismoniy shaxslar hisobvaraq ochishlari
uchun bankka ariza va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni shaxsan taqdim eta-
dilar. Hisobvaraq yuritadigan bo„lim boshlig„i yoki buxgalter arizani ol-
gach, mijozga imzolar namunasini qo„yish uchun 2 ta varaqcha beradi va
imzolarini qo„ydirib oladi. Varaqchaning orqa tomoniga buxgalter tomo-
nidan mijoz pasportining ma‟lumotlari yozib qo„yiladi va bu ma‟lumot-
lari o„z imzosi bilan tasdiqlab qo„yadi.
Hisobvaraq ochish uchun zarur hujjatlar
mijozning yuridik ishi
bo„lib hisoblanadi, imzolar va muhr namunasi tushirilgan varaqchadan
tashqari alohida papkada saqlanadi. Imzolar
va muhr tushirilgan varaq-
chaning birinchi nusxasi buxgalter (mas‟ul ijrochida), ikkinchisi nazorat-
chida saqlanadi.
79
Umuman, mijozlarga bitta bankda ma‟lum bir chet el valutasida
faqat bitta talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„i
ochish
uchun ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: