126
VI bob. QIMMATLI QOG„OZLAR BO„YICHA
OPERATSIYALAR HISOBI
6.1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan
qimmatli qog„ozlar hisobi
Qimmatli qog„ozlar –
bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning
egasi o„rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiq-
lovchi dividend yoki foiz ko„rinishida daromad to„lashni hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish
imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatidir.
Qimmatli qog„ozlarning bir qancha turlari bo„lib,
ularga aksiya,
obligatsiya, veksel, depozit, jamg„armali sertifikatlar va boshqalar kiradi.
Hozirgi kunda ko„pgina tijorat banklari universal bank bo„lib,
ko„plab bank operatsiyalari qatori qimmatli qog„ozlar bilan ham
operatsiyalar bajaradilar. Tijorat banklari qimmatli qog„ozlarning emi-
tentlari sifatida faoliyat yuritadilar, chunki ko„p
banklar aksiyadorlik
banklari bo„lib, o„z ustav sarmoyalarini shakllantirish maqsadida aksiya-
lar chiqaradilar. Bundan tashqari, banklar qimmatli qog„ozlar bilan
investitsion
operatsiyalarni bajaradilar, qimmatli qog„ozlar bozorida
sarmoyador sifatida ishtirok etadilar, qimmatli qog„ozlar
oldi-sotdisi
bilan, vositachilik operatsiyalar bilan shug„ullanadilar.
Tijorat banklarida qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalari
O„zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4
sonli Qarori bilan 2008-yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida
qimmatli qog„ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgal-
teriya hisobi to„g„risida”gi Yo„riqnoma asosida olib boriladi.
Tijorat banklarining qimmatli qog„ozlar bilan bajaradigan ope-
ratsiyalaridan biri bu – tijorat banklari tomonidan qimmatli qog„ozlar
chiqarishdir. Amaldagi qonunchilikka
asosan tijorat banklari aksiya,
obligatsiya, depozit sertifikatlari, veksel va boshqa qimmatli qog„ozlar
bozorida muomalada bo„luvchi qarz majburiyatlarini bildiruvchi
qimmatli qog„ozlar chiqarishlari mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan
qarz majburiyatlarini bildiruvchi qimmatli qog„ozlar
hisobi ularning
nominal qiymati bo„yicha 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog„ozlar» nomli balans hisobvaraqlarida olib boriladi.
Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog„ozlarning blankalari Markaziy
depozitariyda hisobga olinganda provodka quyidagicha bo„ladi:
127
Debet 90327 – “Bankning qimmatli qog„ozlari blankalari”;
96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”.
Debet 90329 – “Bankning hujjatsiz qimmatli qog„ozlari”;
Kredit 96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qo-
g„ozlar hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyat-
lar» bo„limida 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„oz-
lar» asosiy balans hisobvarag„i ochilgan bo„lib, uning o„zi bir nechta
hisobvaraqlarga bo„linadi:
23602 – Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 – Chiqarilgan jamg„arma
sertifikatlari
23606 – Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608 – Chiqarilgan veksellar
23610 – Chiqarilgan boshqa qimmatli qog„ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida
Dostları ilə paylaş: