Buxgalteriya hisobiga kirish



Yüklə 272,01 Kb.
səhifə4/12
tarix28.03.2022
ölçüsü272,01 Kb.
#54318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5258018947969586705

hisobi haqida»gi qonun. Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq

shaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan. Uchinchi daraja – mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar. To‘rtinchi daraja – hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish. Birinchi darajaga Respublikamizda 1996-yil 30-yanvarda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub bo‘lishi mumkin. Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya standartlarini kiritishimiz mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya

hisobi milliy standarti (BHMS) tasdiqlangan. Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.




  1. Buхgаltеriya hisоbini tаshkil qilishning аsоsiy vаzifаlаri nimalardan iborat ? buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.




  1. Buxgaltеriya hisobi ob'еktlariga nimalar kiradi ? Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini o'rganib, hisobini yuritar ekan, demak, buxgalteriya hisobining obyektlari quyidagilardan iborat bo'ladi:1. Xo'jalik mablag'lari. 2. Xo'jalik mablag'larini tashkil topish manbalari. 3. Xo'jalik jarayonlari. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi.




  1. Buxgalteriya hisobining sub'ekti nima ? Buxgalteriya hisobi to`grisidagi qonunning uchinchi moddasiga binoan buxgalteriya hisobining sub`ektlari boʻlib, bular davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Oʻzbekiston respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, ularning Oʻzbekiston respublikasi hududida hamda undan tashqarisida joylashgan korxonalari, filiallar,i vakolatxonalari va boshqalar hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya hisobini taqdim etadi.




Nizomlar kim tomonidan tasdiqlanadi ? O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 23.11.1992 yildagi 553-son

Дата вступления в силу

23.11.1992

Дополни­тельная информация

Поделиться



РУС

ЎЗБ

O’ZB

O‘ZB|РУС


Yüklə 272,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin