Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari



Yüklə 20,23 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü20,23 Kb.
#208893
  1   2   3   4
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari-fayllar.org


Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari

BUXGALTERIYA HISOBINING MAQSADI VA VAZIFALARI

O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga aylanadi.

Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javobgarlik kabi qator elementlar kiradi. Ozbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha boyicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari buxgalteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yonalishlari va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qoyilgan. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini tort darajali meyoriy boshqarish tizimini kozda tutadi. Birinchi darajaqonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya

hisobi haqida»gi qonun. Ikkinchi darajaasosiy qoidalar yigindisi, yani buxgalteriya standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bogliq

shaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilangan. Uchinchi darajamamlakat boyicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy korsatma va tavsiyanomalar. Tortinchi darajahisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki ish hujjatlari va qollaniladigan hujjatlarni yuritish. Birinchi darajaga Respublikamizda 1996-yil 30-yanvarda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub bolishi mumkin. Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya standartlarini kiritishimiz mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya

hisobi milliy standarti (BHMS) tasdiqlangan. Uchinchi darajaga Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tarmoqning oziga xos xususiyatlariga muvofiq hisob standartlarini aniqlashtiruvchi boshqa idoralarining uslubiy tavsiyalari (korsatmalari) instruktsiyalar sharhlarini kiritsa boladi. To‘rtinchi daraja har bitta korxonada mavjud. Korxonaning

oz ishchi hujjatlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish xususiyatlarini va uni yuritishni belgilaydi. Buxgalteriya hisobi yigim (tushum) tizimini tartibga solish mumkin; royxatdan otkazish va pul shaklidagi malumotlarni

umumlashtirish xojaliklar operatsiyalarida tashkilotlarning majburiyatlarini va ularning yaxlit, uzluksiz, hujjatli hisob olib borishlarini aks ettiradi.

Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobining roli ozgardi. Agar avvallari hisobning maqsadi nazorat qilish vazifasidan iborat bolgan bolsa, endilikda xalqaro milliy standartlarga kora, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga toliq va ishonchli malumot taqdim etishdir. Buxgalteriya malumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bolish mumkin.


Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin