Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari-fayllar.org
ningdek, boshqa tashkilot va shaxslar bilan yuridik aloqalar tushuniladi (majburiyat). Xo‘jalik operatsiyalari alohida xo‘jalik harakatlari bilan tas-
niflanadi va tarkibda o‘zgarish keltirib chiqaradi, mulk va uni paydo qiluvchi omillarning joylashuvi. Shu bilan birga xo‘jalik operatsiyalari quyidagilarga ta’sir qilishi mumkin:
- tayyor mahsulotga o‘z qiymatlarini birinchi ishlab chiqarish davridayoq o‘tkazadilar. Birinchi bosqichda korxona mulklarining paydo bo‘lish omili Nizom kapitalining (fondining) shakllanishi yoki:
- korxona tashkil etishda davlat tomonidan qo‘yilgan mablag‘;
- mulklar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomoddiy aktivlar kabi ko‘rinishdagi muassislik badallari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqichlarda korxona mulkining mablag‘lari paydon bo‘lishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kengayishi mumkin:
- turlicha shakllangan fondlar hisobiga (zaxira kapital, qo‘shilgan kapital, korxonaning rivojlanish fondi) soliqlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qolgan, hosil bo‘lgan tushumlar hisobiga;
- zayomlar va kredit pul resurslari hisobiga;
- ustav fondini ko‘paytirish uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida dividendlar hisobidan ajratilgan pul;
- maqsadli moliyalashtirish;
- boshqa majburiyatlar.
Shunday qilib, korxona mulkining shakllanish omillari o‘zining xususiy mablag‘lari hamda kreditorlar tomonidan olingan majburiyatlar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini olgan buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha:
1-hujjatlashtirish;
2- inventarizatsiya;
3-baholash;
4- mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch beruvchi amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalaridir. Dastlabki hujjatlashtirish buxgalteriya hisobini korxonaning xo‘jalik faoliyatini yaxlit va uzluksiz aks ettirishini ta’minlaydi. Hisobga faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, aynan texnik standartlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilishi belgilab qo‘yilgan
hamma rekvizitlar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy boyliklarni, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni korxonadagi haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi elementlaridan biri. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tasdiqlash yoki hisobga olinmagan boyliklarni, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar, talon-tarojliklar va kamomadlarni tasdiqlaydi.