CHIRCHIQ SHAHAR XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I
Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama hamda bir martalik pul
mukofotlari to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarning
Respublika bo‘yicha cheklangan soni va har oylik ustamaga hamda bir martalik pul
mukofotiga da’vogar pedagoglarni saralab olish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi
faoliyatini
tashkil
etish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
2022-yil
2-avgustdagi 425-son qaroriga muvofiq xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan va
o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnat faoliyatini
rag‘batlantirish hamda Xalq ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2022-2023-o‘quv yili
uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarning
kvotasi cheklangan sonini belgilash va Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 21-oktabrdagi 328-
sonli hamda Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 4-
noyabrdagi 125-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 21-oktabrdagi 328-sonli hamda Toshkent viloyati
Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 4-noyabrdagi 125- sonli buyrug‘I rahbarlik
va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma) hisobidan
Toshkent viloyati bo‘yicha har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar va ilg‘or
xodimlarning cheklangan soni 132 nafar etib belgilanligi va har bir tuman-shaharlar
kesimida taqsimot qilinganda Chirchiq shahar XTB bo‘yicha har oylik ustama to‘lanadigan
malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarning cheklangan soni taqsimotga asosan 6
nafar etib belgilansin.
3. Davlat test markazi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim
muassasalariga kirish imtihonlarida qayd etilgan o‘rtacha ballar shahar kesimida 1-ilovaga
muvofiq;
2022-2023-o‘quv yili uchun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida shahar kesimida jamlangan ballar 2-
ilovaga muvofiq inobatga olinsin.
4. Malakali pedagog kadrlarga va ilg‘or xodimlarga har oylik ustama hamda bir
martalik pul mukofotlarini to‘lash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh
taklifiga binoan:
2022-2023-o‘quv yili uchun Jamg‘arma hisobidan shahar kesimida har oylik ustama
to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar va ilg‘or xodimlarning kvotasi 3-ilovaga muvofiq
tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
18«11»2022 yil.
723-10-150-XT/2022-son
5. Malakali pedagog kadrlarga va ilg‘or xodimlarga har oylik ustama hamda bir
martalik pul mukofotlarini to‘lash ishlarini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tomonidan
xalq ta'limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va o‘quvchilari yuqori
natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida
Jamg‘arma hisobidan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bitiruvchi-o‘quvchilari tomonidan
tegishli o‘quv yili qabulida oliy ta'lim tashkilotlariga, Prezident ta'lim muassasalari agentligi
tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib
chiqib, “Boshlang‘ich ta'lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va
“Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha shahar kesimida tasdiqlangan yillik kvotasi hududiy
kengashga saralab olish uchun taqdim etilsin.
6. Chirchiq shahar Xalq ta’limi bo‘limi hududiy kengashiga 2022-yil 8-noyabrga
qadar:
har oylik ustama olishga hududiy kengash tomonidan da’vogar nomzodlar ro‘yxatini
har bitta yo‘nalish bo‘yicha Chirchiq shahar uchun tasdiqlangan yillik kvotaga asosan;
bir martalik pul mukofoti uchun tasdiqlangan kvotaga asosan hududiy kengash
tomonidan tasdiqlangan nomzodlar ro‘yxatini viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim
etish;
har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uchta
nomzodni taqdim etish;
har oylik ustama olishga hamda bir martalik pul mukofoti uchun nomzodlarni Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi
vazirining jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra malakali pedagog kadrlar uchun
qo‘yilgan mezonlarga javob berishini ta'minlash vazifalari yuklatilsin.
7. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Chirchiq shahar XTB mudiri v.v.b
N.Urazova zimmasiga yuklatilsin.
Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR
Code ni skanerlang.
Imzolovchi F.I.SH.
NAZOKAT URAZOVA
ALLAMBERGANOVNA
Imzolangan sana
18.11.2022 19:22
Hujjat kodi
VO5258308851
Hulosa kodi
JJ5885813662
Dostları ilə paylaş: |