Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə8/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
21-bhms ilova lotin

5-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini
hisobga oluvchi schyotlar (0500)

48. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo‘yicha jamlangan amortizatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:


0510 "Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi";
0520 "Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi";
0530 "Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi";
0540 "Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi";
0560 "Franchayzing amortizatsiyasi";
0570 "Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi";
0590 "Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi".

49. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova) va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005 yil 25 maydagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) "Nomoddiy aktivlar"da (2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda) nazarda tutilgan usullarga muvofiq, korxona tomonidan hisoblab chiqilgan me’yorlar bo‘yicha oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga va davr xarajatlariga kiritiladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)


50. Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning kreditiga olib boriladi.


51. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning debetidan 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.


Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) bo‘yicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida ob’ektlari bo‘yicha yuritiladi.

52. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin