3-§. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0310)
33. Korxona moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi" schyotda amalga oshiriladi. Ushbu schyot ijarachi korxonalarda qo‘llaniladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
34. Korxona tomonidan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 "Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar" schyotida yuritiladi.
35. Ijara hisobi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009 yil 6 apreldagi 41-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) "Moliyaviy ijara"ga (2009 yil 24 aprelda 1946-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 yil, 17-son, 220-modda) muvofiq amalga oshiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
36. Korxonaga moliyaviy ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi" schyotining debeti va 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" hamda 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyotining kreditida aks ettiriladi.
37. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga to‘lanadigan joriy to‘lovlar 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyotining debeti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)
38. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijarachida 9610 "Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar" schyotining debeti va 6920 "Hisoblangan foizlar" schyotining kreditida;
b) ijaraga beruvchida 4830 "Olinadigan foizlar" schyotining debeti va 9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
39. Moliyaviy ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qo‘shimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi korxonaning mulkiga o‘tishi, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning tegishli schyotlari debeti va "0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotining kreditida tegishli asosiy vositalar turlari bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu ob’ekt bo‘yicha 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotida hisoblab borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarga o‘tkaziladi.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining tugashi bilan asosiy vosita ob’ektlari ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotining debeti va 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar ijaraga olingan asosiy vositalar moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugashiga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyotining krediti va 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" (hisoblangan eskirish summasiga), 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi", 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" (ijara to‘lovlarining qoldiq summasiga) schyotlarining debeti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Analitik hisob 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti bo‘yicha asosiy vositalarning turlari va alohida inventar ob’ektlari bo‘yicha yuritiladi.
40. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |