Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə14/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Schyotlarning bog‘lanishi



Debet



Kredit



1

Ob’ektlarni qurishda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi kapital qo‘yilmalar xarajatiga kiritildi



0810

0211-0299

2

Ob’ektlarni qurishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi xarajatlarga kiritildi



0810

0510-0590

3

O‘rnatiladigan asbob-uskunalar montajga topshirildi (montajga tayyorgarlik boshlangan paytdan)



0810

0710-0720

4

Sarflangan qurilish va boshqa materiallar qiymati kapital quyilmalar bo‘yicha xarajatlarga kiritildi



0810

1010-1090

5

YOrdamchi ishlab chiqarishning kapital qo‘yilmalarga ko‘rsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi



0810

2310

6

Kapital qo‘yilmalarda foydalanilgan bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar hisoblandi



0810

6920

7

Tugallanmagan qurilishni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.



0810
8510

8510
0810

8

Kapital qurilishda bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar



0810

6010, 7010

9

Kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq qondirilmagan da’volar bo‘yicha summa hisobdan chiqarildi



0810

4860

10

Inventarizatsiya natijasida tugallanmagan qurilishda kamomad summasi aniqlandi



5910

0810

11

YOsh hayvonning asosiy podaga o‘tkazilishi



0840

1110

12

Asosiy podaning tashkil qilinishi



0170

0840

13

Kelgusi davr xarajatlari tegishli qismining kapital qo‘yilmalariga olib borilishi



0810-0890

3110-3190

14

Kapital qo‘yilmalar tannarxiga kiritiladigan sug‘urta bo‘yicha qarzlar



0810-0890

6510

15

Kapital qo‘yilmalar tannarxiga kiritiladigan maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha qarzlar



0810-0890

6520

16

Ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan tugallanmagan kapital qo‘yilmalar



0810-0890

4610

17

Kapital qo‘yilma tannarxiga kiritiladigan byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar



0810-0890

6410

18

Kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi bo‘yicha turli summalar hisoblandi



0810-0890

6710

19

Hisobdor shaxslarning kapital qo‘yilmalarga ularning qilgan xarajatlari bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqarildi



0810-0890

4220-4290, 6970

20

Asosiy vositalarni xarid qilish va qurish jarayonida vujudga kelgan turli kreditorlar oldidagi qarzlar



0810-0890

6990

21

Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining ko‘rsatgan xizmatlari uchun qarzlar



0810-0890

6110-6120

22

Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish yoki xarid qilish natijasida ularni boshlang‘ich qiymati bo‘yicha foydalanishga berish



0110-0190

0810-0890

23

Asosiy vositalarni qurish va xarid qilish bilan bog‘liq, ammo ob’ektlarning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shilmaydigan xarajatlar korxona mablag‘lari hisobiga hisobdan chiqarildi



9430

0810-0820

24

Agar aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmasa, kamomad va buzilgan qiymatliklarning summasi kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarga olib boriladi



0810-0890

5910

25

Asosiy vositalar ob’ektlarini ishga tushirish ishlarini amalga oshirish jarayonida materiallarni ishlatish

0810-0890

1010-1090

26

Belgilangan tartibda ishlashi uchun aktivning ishlashini tekshirish jarayonida (asosiy vositalarni ekspluatatsiyaga kiritishgacha) olingan mahsulotni kirim qilish

1000-2800

0810-0890

9-§. Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan
xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)

76. Quyidagi hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi:


a) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - olingan veksellar bo‘yicha;
b) ijarachilar bilan - ularning moliyaviy ijara shartnomasi asosida olgan asosiy vositalari bo‘yicha;
v) mol etkazib beruvchilar bilan - ularga tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni etkazib berish uchun berilgan bo‘naklar bo‘yicha;
g) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar bo‘yicha;
d) ajratilgan bo‘linmalar bilan - tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar bo‘yicha;
e) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha;

z) moddiy-javobgar shaxslar va korxonaning xodimlari bilan - moddiy zararni qoplash bo‘yicha;


i) boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan - korxonaga yuqorida keltirilmagan turli qarzlar bo‘yicha;
k) vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha;
l) obligatsiyalar diskontlari bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar;
m) boshqa kechiktirilgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0910 "Olingan veksellar";
0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar";
0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari";
0940 "Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari";
0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i";
0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar";
0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar".

77. 0910 "Olingan veksellar" schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan ular sotib olgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar, ular uchun bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan to‘lov hujjati sifatida veksel taqdim qilishi natijasida, ulardan olinishi kerak bo‘lgan to‘lov summasi hisobga olinadi. Bunda shunday hisob-kitoblar sodir bo‘lganda, olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi 0910 "Olingan veksellar" schyotining debeti va 9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar", 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar", 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi", 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotlarining kreditida aks ettiriladi.


78. 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti ijaraga beruvchi korxonada mulkning moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha muomalalarni hisobga olishda foydalaniladi.


Asosiy vosita ob’ektlarini moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berishda ijaraga beruvchi ob’ektlarning qiymatini umumiy tartibda hisobdan chiqaradi. Bunda moliyaviy ijaraga berilgan asosiy vosita ob’ektlarining qiymati ijarachi va ijaraga beruvchi bilan kelishilgan bahoda uzoq muddatli qismi 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyotining debetiga, joriy qismi 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar" schyotining debetiga va debitorlik qarzining jami summasi 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga o‘tkaziladi.
9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti bo‘yicha kreditdagi saldo (ijaraga berilgan asosiy vosita ob’ektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi tomonidan kelishilgan bahodagi qiymati bilan bu ob’ektlarning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq) kechiktirilgan foyda sifatida 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotiga uzoq muddatli qismi va 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotiga joriy qismi hisobdan chiqariladi.
Ijaraga berilgan asosiy vosita ob’ektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi kelishgan bahodagi qiymati bilan ushbu ob’ektlarning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farqning tegishli qismi ijara haqi kelib tushganda 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotidan 9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Hisobot davrining oxirida ijaraga beruvchi 12 oy mobaynida kelib tushadigan summalarni 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyotining kreditidan 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar" schyotining debetiga o‘tkazadi. Ijara haqining kelib tushishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar asosiy vositalar ob’ekti ijara muddatining tugashiga qadar ijarachining mulkiga o‘tsa, u holda sotib olish bahosi to‘langan ijara haqini chegirib tashlagan holda yuqorida ko‘rib o‘tilgan ijara haqining kelib tushishini aks ettirish tartibida sotib olish vaqtida aks ettiriladi.
0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi bo‘yicha yuritiladi.

79. 0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari" schyotida korxona xodimlariga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, berilgan qarzlar bo‘yicha ularning qarzdorligi, xodimlarning korxonaga pul mablag‘lari, tovar-moddiy qiymatliklarining kamomadi va o‘g‘irlanishi, yaroqsizligi natijasida etkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi, shuningdek boshqa turdagi zararlarning qoplanishi va shu kabilar hisobga olinadi.


Kreditga tovar sotib olgan shaxs ishlaydigan korxona ularga berilgan kreditni savdo korxonalari tomonidan bank krediti hisobidan to‘liq qoplashi mumkin. Bunda bank savdo korxonalarining tegishli hisob-kitob hujjatlarini o‘zining krediti hisobidan to‘laydi. Ushbu muomala korxonalarda 0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari" schyotining debeti va 7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi 0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari" schyotining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyolar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy va boshqa zararlarning qoplanishi bo‘yicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy debitorlik qarzlari qismiga o‘tkazilishida 4710 "Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi", 4720 "Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi", 4730 "Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi", 4790 "Xodimlarning boshqa qarzlari" schyotlarining debeti, 0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari" schyotining krediti bo‘yicha yozuv amalga oshiriladi.
0930 "Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari" schyoti bo‘yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha yuritiladi.

80. 0940 "Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari" schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan da’volar va boshqalar bo‘yicha olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi.


YUqorida keltirilgan schyotlar bo‘yicha analitik hisob xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Analitik hisobning tashkil qilinishi veksellar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyatini berishi lozim.

81. 0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotida joriy hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova) 146-moddasi talablarini hisobga olgan holda to‘lanadigan soliqning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi. Vaqtinchalik farqlarga oid xarajatlar bo‘yicha soliqni hisoblash 0930 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debeti va 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)" schyotining kreditida aks ettiriladi. Keyinchalik bu xarajatlarning jami foydali xizmat muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, bu muddatlarning qaysi biri qisqaroq bo‘lishidan kelib chiqqan holda, (vaqt oralig‘idagi farqlar) soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga o‘tkaziladi, bu esa 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debeti va 0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda (daromad) solig‘i" schyotining kreditida aks ettiriladi. Tegishli muddatda to‘lanadigan foyda (daromad) solig‘ini hisoblashda ushbu summa hisobga olinadi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)


Vaqtinchalik farqlar - bu daromad va xarajatlarning ayrim moddalari soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan hisobot davri bilan ushbu moddalar hisob foydasiga kiritiladigan hisobot davrining muvofiq kelmasligi natijasida yuzaga keladigan hisobot davridagi soliqqa tortiladigan va hisob foydasi o‘rtasidagi farqdir.
Xarajatlarning tegishli summasiga soliqlar kamaytirilishi yuz beradigan davrlar kelganda soliqlar summasi 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyotining debeti va 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining kreditida aks ettiriladi. SHunday qilib, 0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debetidagi qoldiq kelgusi davrlarda byudjetga to‘lanadigan umumiy soliq summasining kamaytirish zarur bo‘lgan soliq summasining uzoq muddatli qismini ko‘rsatadi.

82. 0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotida xarajatlarga qoplash muddati davomida taqsimlanib boradigan obligatsiya diskont (chegirma)lari bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan foydalaniladi. Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi 0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti va olingan summaga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" schyotining kreditida aks ettiriladi. Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi hisobdan chiqarilganda 0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti 3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar" schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.


83. 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotida 0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" va 0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotlarida ko‘rsatilmagan boshqa kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlariga hisobdan chiqariladigan muddati qonunchilik asosida tirtibga solinadi. Bunda boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debetida, joriy qismi esa 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debetida aks ettiriladi.


0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir berilgan bo‘nak bo‘yicha mol etkazib beruvchi yoki pudratchi bo‘yicha yuritiladi.

84. Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin