T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha transport xarajatlari
|
9410
|
6990
|
2
|
CHetdan reklama va marketing xizmatlari
|
9410
|
6010
|
3
|
Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
|
9410
|
0210-0299
|
4
|
Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi
|
9410
|
0510-0590
|
5
|
Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari
|
9420
|
6710
|
6
|
Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi
|
9420
|
0210-0299
|
7
|
Boshqaruv binosining ijara to‘lovi
|
9420
|
6910
|
8
|
Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi
|
9420
|
1010-1090
|
9
|
Transport korxonalarining xizmati
|
9420
|
6010
|
10
|
Xizmat safarlari va vakillik xarajatlari
|
9420
|
4220, 4230
|
11
|
YUridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar
|
9420
|
6120
|
12
|
Bank va auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar
|
9430
|
6990
|
13
|
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar
|
9430
|
9210, 9220
|
14
|
Aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagan holdagi kamomadlar va yo‘qotishlar
|
9430
|
5910
|
15
|
SHubhali qarzlar bo‘yicha zaxira hisoblandi
|
9430
|
4910
|
16
|
Soliq idoralari qaroriga ko‘ra jarima hisoblandi
|
9430
|
6410
|
17
|
Korxona balansida bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar
|
9430
|
6110
|
18
|
Korxona xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yo‘llanmalar to‘landi
|
9430
|
5110-5530
|
19
|
Bekor qilingan buyurtmalar bo‘yicha xarajatlar hisobdan chiqarildi
|
9430
|
2010
|
20
|
O‘tgan yillar muomalalaridan ko‘rilgan zararlar
|
9430
|
Olinadigan schyotlar
|
21
|
Xo‘jalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar
|
9430
|
6960
|
22
|
Mahalliy transportdan foydalanish uchun yo‘l hujjatlari to‘landi
|
9430
|
5110-5530
|
23
|
TMZning sotilishi bo‘yicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarildi
|
9430
|
3190
|
24
|
Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni o‘zlashtirishga xizmat ko‘rsatishda.
|
9430
|
0210-0299, 0510-0590
|
25
|
Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
9910
|
9410-9430
|
6-§. Moliyaviy faoliyat daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlar (9500)
410. Moliyaviy faoliyat daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”;
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”;
9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
411. Royalti ko‘rinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
412. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
413. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
414. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. CHet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga o‘tkaziladi.
415. Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
416. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
417. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
418. Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9500)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |