Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə16/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)

89. Korxonaga tegishli bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbop materiallar, inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


1010 "Xom ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar";
1030 "YOqilg‘ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbop materiallar";
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".

90. Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda - haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) bo‘yicha hisobga olinadi.


91. Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta bo‘lganda, korxona ichida materiallarning harakati intensiv bo‘lganda, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi bo‘yicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi bo‘yicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi ko‘rsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotida hisobga olinadi.


92. 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:


a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.;
g) em-xashak va to‘shamalar. O‘zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to‘shamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.

93. 1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik mavzulari bo‘yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o‘tkazish uchun chetdan sotib olinadigan butlovchi buyumlar, maxsus uskunalar, asboblar, moslamalar va boshqa qiymatliklar 1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida hisobga olinadi.

94. 1030 "YOqilg‘ilar" schyotida neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin), shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. YOqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 "YOqilg‘ilar" schyotida yuritiladi.


95. 1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zaxiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. SHu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta’mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, to‘liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.


96. 1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


97. 1060 "Idish va idishbop materiallar" schyotida idishlarning barcha turlari (xo‘jalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari), shuningdek idishlar tayyorlash va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. YUklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida hisobga olinadi.


98. 1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.


99. 1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;
v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.);
d) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari;
e) xarajatlari, ularni qurish qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, qurilma va moslamalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.).
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarini hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq qo‘shilishi mumkin. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi. (AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.

100. 1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi.


101. Qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o‘zida ishlab chiqarilgan) kompostlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalarni (o‘simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo‘jalikda) hisobga olish va boshqalar uchun qo‘shimcha schyotlarni ochishlari mumkin.


102. Materiallarning kelib tushishi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" va 1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu korxonaning hisob schyotida belgilangan bo‘lsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.


103. Materiallarning ishlab chiqarishga yoki boshqa xo‘jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi.

104. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin