Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Olinadigan schyotlar (4000)



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə32/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
21-bhms ilova lotin

1-§. Olinadigan schyotlar (4000)

170. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
4020 "Olingan veksellar".

171. 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.


172. 4020 "Olingan veksellar" schyotida olingan veksellar bilan ta’minlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.


Muddatida to‘lanmagan veksellar bo‘yicha da’vo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 "Olingan veksellar" schyotining kreditidan 4860 "Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

173. Olinadigan schyotlar (4000) asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bog‘langan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.


Olinadigan schyotlar (4000) pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan to‘lovlar summasiga, olingan bo‘naklarni hisobga olish va boshqalar bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
Olinadigan schyotlar bo‘yicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi) bo‘yicha yuritiladi.

174. Olinadigan schyotlar (4000)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin