Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə30/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Kelgusi davr xarajatlarida hisobga olinadigan ishlarni amalga oshirish uchun materiallar, tayyor mahsulotlar chiqarildi



3190

1010-1090, 2810

2

Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning ko‘rsatgan xizmatlari



3190

2310

3

Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli bo‘lgan umumishlab chiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi



3190

2510

4

Kelgusi yilga obuna bo‘yicha xarajatlar amalga oshirildi



3120

5110

5

Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo‘lgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga bo‘lgan qarzlar



3190

6010, 7010

6

Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa to‘lanadigan schyotlar



3190

Majburiyatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar



7

Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar schyotlariga o‘tkazildi

Xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar



3110-3190

2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni
hisobga oluvchi schyotlar (3200)

162. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i";
3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar";
3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar".

163. 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotida vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘ining joriy qismi hisobga olinadi.


Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyotining kreditida va joriy qismi 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debetida aks ettiriladi.
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga o‘tkazish 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debeti va 0950 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davr kelganda soliq summasi 6410 "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schyotining debetida va 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining kreditida aks ettiriladi. SHunday qilib, 3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i" schyotining debetidagi qoldiq joriy hisobot davrida byudjetga to‘lanadigan umumiy soliq summasining kamaytirilishi lozim bo‘lgan soliq summasining joriy qismini ko‘rsatadi.

164. 3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar" schyoti qoplanish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lar bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qo‘llaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar" yoki 0960 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar debetida va 6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" yoki 7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar bo‘yicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 "Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar" schyoti debetlanadi va 3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar" schyoti kreditlanadi.


165. Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyotida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi. Masalan, sanoatning mavsumiy tarmoqlarida ishlab chiqarishga tayyorgarlik, erning rekultivatsiyasi va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlar.


3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotining debetida boshqa kechiktirilgan xarajatlar 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti bilan bog‘langan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga o‘tkazish davrining vaqti kelganida ular 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetiga o‘tkaziladi.
3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i", 3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar", 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari bo‘yicha yuritiladi.

166. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin