Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə81/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Jo‘natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga



4010, 4020

9010, 9020, 9030

2

Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish



5010, 5020

9010, 9020, 9030

3

Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi



4790

9010, 9020, 9030

4

Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to‘landi



6610

9010, 9020, 9030

5

Vositachilik operatsiyalari bo‘yicha komission mukofotlar summasi



4010

9010

6

Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga sotildi



4120

9010, 9020, 9030

7

Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo‘lgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi



6230

9010, 9020, 9030

8

Sotilgan tovarlarning qaytishi



9040

4010

9

Sotishdan va narxdan chegirmalar berish



9050

4010

10

Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotining yopilishi



9010, 9020

9040

11

Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining yopilishi



9010, 9020,9030

9050

12

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi



9010, 9020. 9030

9910

2-§. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)

381. Sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”;
9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”;
9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”;
9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”.

382. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


383. Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910 “YAkuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.


384. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qo‘llaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning hisob usuliga, ya’ni, tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bog‘liq.


385. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qo‘llanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda to‘planadi.


386. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” schyotida yig‘iladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZning mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Ko‘rsatilgan schyotning debeti bo‘yicha TMZning kamayishi, krediti bo‘yicha TMZning o‘sishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000 - 2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” schyotining qoldig‘i 9910 “YAkuniy moliyaviy natija” schyotiga o‘tkazilishi orqali yopiladi.

387. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin