9buxgalteriya hisobining mohiyati va ahamiyati (1)
Buxgalteriya hisobotlarini tasdiqlash va topshirish. To’zilgan buxgalteriya hisoboti shakllari bir necha nusxada tayyorlanadi. Barchasiga korxona rahbari va bosh buxgalter imzo chekadi hamda korxona muxri bilan tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risda»gi qonunning 7-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobotlarining tayyorlanishi ishonchliligi va o’z muddatida topshirilishi uchun javobgarlik tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil kiluvchi xo’jalik sub'ektining rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Hissadorlik jamiyatlari va shu kabi xo’jalik yurituvchi sub'ektlar buxgalteriya hisobotlari hamda ularning asosiy ko’rsatkichlari muassislar yoki ularning vakillari umumiy yigilishda tasdiqlanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha to’zilib.quyidagi foydalanuvchilarga topshirilishi lozim (BXMS-1).
Sub'ektning mulkdoriga (yuqori tashkilotga), ta'sis etish to’q’risidagi hujjatlar asosida;
-Davlat soliq nazorati idoralariga-sub'ektni ro’yxatdan o’tkazilgan joyida;
- Davlat statistika organlariga;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga
Soliq idoralari korxonalar buxgalteriya hisoboti ma'lumotlariga asosan xarajat, daromad va foyda ko’rsatkichlarining to’q’riligini,soliqlarning to’q’ri hisoblanganligi va ularning uz vaqtida to’liq byudjetga o’tkazilganligini tekshiradi. Davlat statistika organlari esa
hisobotdagi ma'lumotlar bo’yicha davlat buyurtmalarining bajarilishini, muxim ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlar qanday holatda ekanligini nazorat qiladilar.ushbu xudud bo’yicha asosiy iqtisodiy ma'lumotlarni umumlashtiradilar. Bu ma'lumotlar asosida xududning istikbolini belgilovchi reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi.
Agarda korxona tijorat banklaridan kredit olgan bulsa, ushbu bank muassasiga ham hisobotlarning bir nusxasini topshiradilar. Tijorat banklari korxonaning buxgalteriya hisobotlari asosida, olingan kreditlarning maqsadga muvofiq ishlatilayotganligini, kreditning xo’jalik mablag’lari bilan ta'minlanganligini nazorat qiladi, hamda mijozning to’lov
kobiliyatini, kreditning uzvaqtida va to’liq qaytarilish kafolati borligini tahlil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba'zi bir xo’jalik sub'ektlari (№ 1- BXMS) uchun bu xo’jalik sub'ektlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishlarining murakkabligini e'tiborga olib, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotini boshqa muddatlarini belgilash ham mumkin.
Bir shaharda joylashagan sub'ektlar uchun buxgalteriya hisobotining haqiqiy topshirilishi, uni taqdim qilingan kun hisoblanadi.boshqa shahardagilar uchun esa junatilgan va aloqa muassasasi muxri bilan tasdiqlangan kun hisoblanadi.