Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari reja


 Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix23.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#120859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
01. BUXGALTERIYA HISOBI 6 1 (1)

 
1.2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy 
asoslari 
Bozor munosabatlariga o‘tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya 
hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari 
asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega. 
SHuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning 
hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyusion yo‘l bilan metodologik, 
tashkiliy 
va 
texnik 
o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda 
mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida 
ahamiyatga ega bo‘ldi. SHunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. SHu 
maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20 
dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik 
shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy 
asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi. 
Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat 
dasturida 
islohotlarni 
amalga 
oshirishdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad 
quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 
-O‘zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi, 
xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini 
ko‘paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish; 
-xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng 
munosabatda va aloqada bo‘lish; 
-O‘zbekiston 
Respublikasidagi 
buxgalteriya 
hisobi 
tizimini 
xalqaro 
buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik 
hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o‘z vahtida sifatli etkazib berishdir. 
Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning 
xalqaro meyorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi. Xalqaro 


19 
qoidalarga 
muvofiq 
mamlakatimizda 
buxgalteriya 
hisobining 
xalqaro 
standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va meyoriy hujjatlarida 
belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga 
ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi: 
-buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi; 
-moliya - xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va 
ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi; 
-buxgalteriya hisobining haqiqiy holatga mos kelishi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini 
nazorat qilish mustaqil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining 
o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgaradi.
Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta’kidlaydi «Agar 
hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish 
mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib 
olgan holda yuritib, shu bilan g‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish 
va moliya buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish 
buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin 
bo‘ladi.
Ularning vazifalariga to‘xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb, 
yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni 
boshqarish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini 
kalkulyasiya qilish manfaatini ko‘zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning 
moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshqarish 
maqsadida yuritiladi. Hisobchilikning bunday tartibiga o‘tish har xil darajadagi 
boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashni sezilarli ravishda 
takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning 
ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini 
beradi». 
Ammo K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning fikricha, «Buxgalteriya 


20 
hisobini rivojlantirishda bir narsaga alohida etiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa, 
buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina 
hisob ma’lumotlari doirasini, mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni 
olishga ketadigan xarajatlarni va boshqaruv ob’ektlarini aks ettirish usullarini 
kengaytirish asosida bo‘lmasligi kerak. CHunki, bu omillar hisob ishlari hajmining 
o‘zini oqlamagan tarzda o‘sish va buning oqibatida boshqaruv tizimining talabga 
javob bermasligi hamda uning yuritilishida soxtalik yuz berish kabi salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin».
SHuningdek, olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda K.K. Jumaniyozov 
va B.Y.Maqsudovlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining foydaliligi 
to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarda 
olinayotgan barcha ma’lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga 
boshqaruvning ma’lumotga ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan».
Demak, ushbu olimlar fikricha, buxgalteriya hisobi hozirgi sharoitda o‘zining 
funksiyasini 50 foizga bajarmoqda. Hozirgi paytda ayrim korxonalarimizning zarar 
bilan ishlashi va moliyaviy barqarorligi mavjud emasligining bilvosita 
sabablaridan biri buxgalteriya hisobi bilan bog‘oliq ekan. Bu o‘z navbatida, 
buxgalteriya hisobini korxonalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
ajralmas qismi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatmoqda va uni uzluksiz ravishda 
rivojlantirishni taqozo etadi. 
Ammo bozor munosabatlari sharoitida xo‘jaliklarda mavjud hisob tizimi 
markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitidagidan keskin farq qiladi, ya’ni u 
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobidan tashkil topadi. 
Professor YA.V.Sokolov 1940 yillarning oxiri va 1950 yillarning boshlarida 
dunyoning rivojlangan mamlakatlarida buxgalteriya hisobida sezilarli o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi va u «Moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo‘lindi» deb, ma’lumot 
beradi. 
Moliyaviy hisob, asosan, tashqi foydalanuvchilarning manfaati uchun 
yuritilsa, boshqaruv hisobi korxona manfaatini ko‘zlab tashkil qilinadi. 
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil bu sanoatning 


21 
rivojlanishi va natijada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojlanishi bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
«G‘arb klassifikatsiyasiga muvofiq buxgalteriya hisobi o‘zining rivojlanishida 
quyidagi 5 bosqichni bosib o‘tgan va ular asosan jahonning rivojlangan 
mamlakatlari AQSH, Germaniya, YAponiya va Fransiyada qo‘llanilgan. Ular 
savdo (1880 yilgacha), tadbirkorlik (1800-1900 yillar), tashkiliy (1900-1950 
yillar), optimizatsion (1950-1975 yillar), strategik (1975 yildan hozirgacha). 
Buxgalteriya hisobining hozir amalda rivojlangan mamlakatlar amaliyotida 
qo‘llanilayotgan strategik tizimida buxgalteriya hisobi va marketingning 
integratsiyalashuvi natijasida xo‘jalikning istiqboldagi moliviy holatini aniqlash 
imkoniyatlari vujudga keldi. 
T.P.Karpovaning fikricha, an’anaviy hisob usullarining barham topishi va 
buxgalteriya hisobining ikkiga - Moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo‘linishining 
asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 
-kapitalning kontsentratsiyalashuvi sharoitida tashqi va ichki raqobatning 
kuchayishi; 
-inflyasiyaning va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi; 
-transmilliy korporatsiyalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi. 
Bizningcha, T.P.Karpovaning fikrlari o‘rinli, «…chunki buxgalteriya 
hisobining an’anaviy usullari haqiqatdan iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida 
boshqaruv talablariga javob bera olmay qoldi va uni davr talabi asosida 
rivojlantirish ehtiyoji vujudga keldi.
Masalan: N.P.Kondrakov, Z.V.Kiryanov va boshqalar buxgalteriya hisobiga 
doir kitoblarida moliyaviy va boshqaruv hisoblarini turli belgilari bo‘yicha 
taqqoslashganda 
B.Nidlz, 
X.Anderson 
va 
D.Kolduellning 
«Printsipы 
buxgalterskogo ucheta» kitobiga tayanishgan.
Respublikamizda va MDH mamlakatlarida buxgalteriya hisobini isloh qilish 
va uni bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirishda asosiy etibor moliyaviy 
hisobga qaratilgan. Boshqaruv hisobi bo‘yicha ma’ruza matnlari, o‘quv
qo‘llanmalar va ilmiy izlanishlar mavjud bo‘lsada, davlat miqyosida boshqaruv 


22 
hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik tomonlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar 
amalga oshirilayotgani yo‘q. 
Boshqaruv hisobining eng asosiy muammosi uni har bir xo‘jalik va tarmoqda 
tashkil qilishning o‘ziga xos uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarining mavjudligi 
bo‘lib, uni bir xo‘jalikdan boshqasiga ko‘chirib bo‘lmaydi. SHuningdek,
boshqaruv hisobini tashkil qilish darajasi o‘sha xo‘jalikning rahbar va 
mutaxassislarining malakasiga ham bog‘liq. Bundan tashqari raqobat sharoitida har 
qanday xo‘jalik o‘zining boshqaruv hisobi tizimini boshqa xo‘jalikka 
tanishtirmaydi. Bularning barchasi boshqaruv hisobining o‘ta murakkab hisob 
tizimi ekanligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda bizning mamlakatimiz xo‘jaliklarida boshqaruv hisobi 
mavjudmi yoki yo‘qmi. 
Buning uchun biz, eng avvalo, tarixga nazar tashlashimiz zarur. «20- 
yillarning oxirida vatanimizda hisob-iqtisod ilmi deyarli to‘liq ilg‘or iqtisodi 
rivojlangan mamlakatlardan to‘sib qo‘yilgan. Xuddi shu mamlakatlarning hisob-
iqtisodiy nazariyasiga asosan 40-yillarning oxiri va 50-yillarning boshlarida tub 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Eng asosiysi buxgalteriya hisobi ikkiga: « Moliyaviy va 
boshqaruv hisobiga» bo‘lindi.
Buxgalteriya hisobi sohasida ham ancha malakali kadrlar potensiali vujudga 
kelganligini alohida ta’kidlash mumkin. Endi qo‘yilgan savolga qaytadigan bo‘lsak 
bizning mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi mavjud emas. Faqatgina 
boshqaruv hisobining elementlarini o‘zida aks ettirgan ishlab chiqarish hisobi 
mavjud bo‘lgan. Ammo ishlab chiqarish hisobini yanada rivojlantirish va uni 
yanada yuqori darajaga ko‘tarish, buxgalteriya hisobi va uning boshqaruv 
funksiyasini yanada kengaytirish maqsadida sobiq Ittifoqdagi qator iqtisodchilar 
ilmiy-tadqiqotlar 
olib 
bordilar. 
Jumladan, 
professorlar 
A.F.Aksenenko, 
D.U.Urakov, B.I.Valuev, S.A.Stukov va boshqalar. Ammo ularning ilmiy-
tadqiqotlari ishlab chiqarish hisobi miqyosida olib borilgan bo‘lib, boshqaruv 
hisobi konsepsiyasini yaratish imkonini bermadi. 
Professorlar A.F.Aksenenko, M.S.Mavzuijonov, J.J.Pirimbaevlar buning 


23 
asosiy sabablari to‘g‘risida quyidagicha yozadi: «Hammaga ma’lumki, har qanday 
ilmiy g‘oya amaliyotda qo‘llanilsagina rivojlanadi. Ammo, bizning turli darajadagi 
amaldorlarimiz hisob biznes filosofiyasi, uning tili ekanligini tushuna olmadi va 
progressiv g‘oyalarning qo‘llanilishiga har xil yo‘llar bilan to‘sqinlik qildilar. 
Ammo, bizning fikrimizcha markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida 
boshqaruv hisobi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi uchun sharoitning 
bo‘lishi mutlaqo mumkin emas edi. CHunki xo‘jalik sub’ekttlariga uning zaruriyati 
yo‘q edi. Daromadlarni taqsimlash, narxlarni belgilash, sotuvchi va xaridorni 
tanlash davlat organlari tomonidan hal qilinar edi. Aniqrog‘i xo‘jalik sub’ekttlari 
erkin va mustaqil emas edi». 
Endilikda bozor munosabatlari chuqurlashayotgan hozirgi kunda xo‘jaliklarda 
mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish hisobini qo‘llash mumkinmi, degan savol 
tug‘iladi: bizningcha, bu borada professor A.F.Aksenenko, M.S.Mavzuijonov va 
J.J.Pirimboevlarning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: «MDH davlatlaridagi ishlab 
chiqarish 
hisobi 
AQSH 
hisob 
tizimida 
bo‘lgan 
o‘zgarishlar 
kabi 
transformatsiyalanadi. Ta’kidlash zarurki, bu o‘zgarishlar Amerika tizimidan nusxa 
olishga asoslanmasligi zarur, aks holda MDH va AQSH, shuningdek, boshqa g‘arb 
mamlakatlari korxonalarining mazmuni va iqtisodining rivojlanishi bo‘yicha 
turlicha darajada. SHuning uchun ham hisobning jahon bo‘yicha integratssiyasi 
uslubiy xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy hisobga yo‘naltirilishi kerak.
Demak, yuqorida biz bildirgan boshqaruv hisobini tashkil qilish har bir 
korxona va tarmoq miqyosida bir-biridan keskin farq qiladi, degan fikrlarimiz 
o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Keyingi yillarda MDH 
korxonalarida ham moliyaviy va boshqaruv hisobini alohida tashkil qilish real 
voqealikka aylandi hamda bu borada matbuotda qator ilmiy maqolalar elon qilina 
boshladi. Masalan: V.F.Paliy va V.V.Paliy, A.D.SHeremet, YA.V.Sokolov, 
T.O.Terenteva, K.V.SHiborts va boshqalar. Ushbu maqolalarda moliyaviy va 
boshqaruv hisobida buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan qay darajada samarali 
foydalanish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Bu borada V.V.Paliy va V.F.Paliy shunday deb yozadi: «Moliyaviy va 


24 
boshqaruv hisobi uchun bir xil raqamli schetlardan foydalanishning kelajagi yo‘q, 
chunki buxgalteriya hisobi – bu belgilar tizimidir. Bir xil belgili schetlarning 
moliyaviy va boshqaruv hisobida qo‘llanilishini kodlashtirish va schetlar 
bog‘lanishida chalkashliklarni keltirib chiqaradi». Ularning fikricha, moliyaviy va 
boshqaruv hisobi uchun buxgalteriya hisobining schetlar rejasida alohida xarajat 
schetlari bo‘lishi shart. CHunki buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari 
xarajatlarni ularning elementlari bo‘yicha hisobga olishni talab qilsa, korxona 
rahbariyati va mutaxassislari esa, xarajat moddalari hamda xarajatlarning vujudga 
kelish joylari, ma’suliyat markazlari bo‘yicha hisobga olishni talab qiladi. 
Xarajatlar elementlari bo‘yicha moliyaviy hisobda hisobga olinsa, moddalari, 
ma’suliyat va vujudga kelish joylari bo‘yicha esa boshqaruv hisobida o‘z aksini 
topadi. 
V.V.Paliy va V.F.Paliyning fikricha, Buxgalteriyahisobida xarajatlarni 
hisobga olish hamda ularni bog‘lash uchun maxsus schetlarni kiritish zarur. Ular 
yordamida moliyaviy va boshqaruv hisobida xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar 
umumlashtiriladi. Xuddi shunga o‘xshash fikrni J.J.Pirimboev ham bildiradi. U 
moliyaviy va boshqaruv hisobini 79-«Ichki xo‘jalik hisob-kitobi» scheti orqali 
bog‘lanishini taklif qiladi. Ammo, bizningcha, ushbu taklif, birinchidan etarli 
darajada asoslab berilmagan bo‘lsa, ikkinchidan xarajatlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning moliyaviy va boshqaruv hisobiga bog‘lanishining 79- «Ichki 
xo‘jalik hisob-kitobi» scheti orqali bog‘lanishi mazmunga ega emas. CHunki 
xarajatlar hisobi uchun buxgalteriya schetlar rejasining «ishlab chiqarish» 
bo‘limidagi schetlar tayinlangan. 
Bizning fikrimizcha, V.V.Paliy va V.F.Paliy tomonidan xarajatlarni 
Buxgalteriyahisobida aks ettirish hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlash 
uchun taklif etilgan uchala variant amaliy ahamiyatga ega. Ammo bu taklif etilgan 
xarajatlar hisobini moliyaviy va boshqaruv hisobiga yuritish variantlari 2000 yil 31 
oktyabrda Rossiya Fdereatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
buxgalteriya hisobining yangi schetlar rejasi asosida ishlab chiqilgan va bizning 
xo‘jaliklarimiz amaliy faoliyatiga qo‘llash imkoniyati cheklangandir. Sababi 


25 
bizning Respublikamizda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi schetlar rejasi 
Rossiya Federatsiyasi rejasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining schetlar 
rejasidan va buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan keskin farq qiladi. 
SHunday qilib, Respublikamiz mustahillik yillarida buxgalteriya hisobini 
isloh qilishda jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida 
mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
amalga oshirildi. SHu yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya 
hisobining 
nazariy 
asoslari 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama rivojlantirildi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin