Buxgalteriya sektorini raqamlashtirish samaradorligi



Yüklə 148,1 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü148,1 Kb.
#168523
RajabovBoburjon N7

Buxgalteriya sektorini raqamlashtirish samaradorligi

Tayyorladi: Rajabov Boburjon


Ma'lumki, respublika bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish bo'yicha asosiy normativ hujjat O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risida”gi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) hisoblanadi. Lekin, o'tgan davr mobaynida respublika iqtisodiyotida, xususan bank tizimi va buxgalteriya sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi O'RQ 360-sonli qonuni bilan Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 28 avgustda qabul qilingan va O'zbekiston Respublikasi Senati tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma'qullangan “O'zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” tasdiqlandi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga ham bir qator jiddiy o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi N 9/1-son qarori bilan “O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizom yangi tahriri tasdiqlandi va 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan davlat ro'yxatiga olindi hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi 2012 yil 11 fevraldagi 38/1 va 89-son qaroriga asosan “O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to'g'risidagi yo'riqnoma” (ro'yxat raqami 1009, 2001 yil 19 fevral) o'rniga “O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to'g'risidagi yo'riqnoma” yangi tahrirda tasdiqlandi va 2012 yil 1 fevralda 2320-son bilan davlat ro'yxatiga olindi. Shu bilan bir qatorda, “O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma” (ro'yxat raqami 2205, 20011 4 mart), “Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida” Yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2342, 2012 yil 15 mart) va boshqa normativ hujjatlarga bir necha bor o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Tabiiyki, mazkur o'zgarishlar moliyaviy axborotlashtirish tizimi bo'lgan, banklarda buxgalteriya hisobini yuritish masalalariga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.
Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014 yil 30 dekabrdagi 47/7-sonli qarori bilan 1834-sonli Yo'riqnomaga” 4-o'zgartirishlar va qo'shimcha tasdiqlandi va 2015 yil 9 fevralda 1834-4-son bilan davlat ro'yxatiga olindi. Endi, ushbu 1834-sonli Yo'riqnomaga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha to'g'risida fikr yuritamiz. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 1834-sonli Yo'riqnomaga kiritilayotgan navbatdagi o'zgartirishlar va qo'shimcha loyihasi bo'yicha bir necha marta tijorat banklaridan yozma fikr va mulohozalar olindi va ularning mutaxassislari bilan davra suhbati o'tkazildi. Bundan tashqari, xalqaro amaliyot tajribasi o'rganildi.
Ma'lumki, Fuqarolik kodeksining 6-moddasida tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo'llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat'i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanishi hamda fuqarolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo'lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an'analar qo'llanilishi belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunining 5-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq banklarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish Markaziy bank tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Binobarin, Markaziy bank o'zining banklarni buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqishda nisbiy mustaqillikka egadir.
Yoki, u o'zining yuqoridagi qonuniy vakolatidan foydalangan holda ushbu normativ hujjatlarda banklar faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda ayrim cheklovlar va qo'shimchalar kiritishi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishga doir asosiy normativ hujjat 1834-son Yo'riqnoma hisoblanadi. Mazkur Yo'riqnomada (2-band) banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko'rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo'lga qo'yish usullari to'g'risida ko'rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo'yicha javobgarlik belgilangan. "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunining 5-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq: “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: - bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; - buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya sub'ekti ham kiradigan xo'jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo'limiga yuklash; - buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.”
Bugungi kunda, barcha banklarning minibanklariga ish vaqtini tugatish bo'yicha bir xil aniq, 2 soatlik vaqtni belgilash noo'rinligi ma'lum bo'lib qoldi. Chunki ayrim banklarning minibanklari o'z filaliga juda yaqin, ba'zilari esa ancha uzoqda joylashgan. Shuning uchun minibanklarning ish vaqtini banklar tomonidan o'z ish vaqtidan kelib chiqqan holda mustaqil belgilash maqsadida, mazkur banddagi ikki soat oldin etkazib kelish me'yori bekor qilindi. Yangi hujjatga asosan minibanklarda ish kuni bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo'lgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy nazoratdan o'tkazish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yig'majildiga tikish uchun bankka ish kuni tugamasdan oldin inkassatsiya xizmati orqali etkazib berilgandan so'ng yakunlanadi.
Ya'ni, minibanklar ish kuni tugamasdan kunlik buxgalteriya hujjatlari va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya xizmati orqali etkazib berishni ta'minlashi lozim. O'zbekiston Respublikasining “Elektron to'lovlar to'g'risida”gi Qonunining 5 –moddasida Markaziy bankning elektron to'lovlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlari to'lov tizimining barcha sub'ektlari uchun majburiyligi, shuningdek Qonunning 13-moddasida elektron to'lov hujjati pul-hisob-kitobga doir qog'oz hujjat asosida yoki elektron to'lov vositasidan foydalangan holda tuzilishi qayd etilgan. Mazkur talablardan kelib chiqqan holda 1834-son Yo'riqnomaning 26-bandidagi “pul hisob-kitob hujjatlariningasl nusxasi hamda Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari mijozlaridan elektron aloqa orqali olingan elektron to'lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar” jumlasi pul hisob-kitob hujjatlarining qog'oz hamda elektron shakllari jumlasiga o'zgartirildi.
“Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat qoidalari”ning (ro'yxat raqami 2528, 2013 yil 25 noyabr) 2-ilovasining j) kichik bandida imzo huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish ko'ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to'g'risida ma'lumotlar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo'ladigan ma'lumotlarga kiritilishi belgilangan. Shu sababli, 1834-son Yo'riqnomaning 27-bandiga bank tomonidan mijozning nafaqat pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvarag'i shartnomasida ko'zda tutilgan boshqa hujjatlar mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qo'yilgan varaqchada ko'rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnoma asosida vakil qilingan shaxsidan qabul qilinishi bo'yicha o'zgartirish kiritildi.
Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarning daromad solig'i hamda jamg'arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o'tkazish bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr bilan tasdiqlangan reestr ilova qilingan to'lov topshiriqnomalari taqdim etilmagan hollarda naqd pul cheklari banklar tomonidan ijroga qabul qilinmaydi”- normasi hamda 1834-sonli Yo'riqnomaning 51-bandida takrorlanganligi tufayli uning 60-bandidagi “Shuningdek, Front-ofis xodimi yoki mas'ul ijrochi buxgalteri pul hisob-kitob hujjatlarida bo'yash, chizish va tuzatishga yo'l qo'yilmaganligiga ishonch hosil qilishi lozim” jumlasi chiqarib tashlandi.
Hozir bank hisobvaraqlari orqali to'lovlar naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida o'ta qisqa vaqt ichida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa aholining plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan naqd pulsiz to'lovlari hajmi to'xtovsiz o'sib bormoqda. To'g'ri, yuqorida aytib o'tganimizdek naqd pul muomalasining ulushi umumiy pul aylanmasida qisqarib bormoqda. Lekin, naqd pul muomalasini boshqarish, kassa ishlarini tashkil qilish va ularning hisobini yuritish ishlari bee'tibor qolishi mumkin emas. Zero, naqd pul bilan bog'liq operatsiyalar o'ta muhim va nozik faoliyat sirasiga kirganligi sababli dastlabki bankirlar tomonidan “kassa operatsiyalari bankning yuragi” deb baholangan.
E’tiboringiz uchun
raxmat!!!
Yüklə 148,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin