Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

Tushuntirish xati 
Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini 
yozma holda va muassasa (bo‘im) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga 
(tashqi) yo‘lovchi hujjatdir. 
Tushuntirish xati huddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki tashqi 
xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga 
yuborilayotganda u ko'pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga 
ilova tarzida bo‘lib mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o'rinlarini qisman izohlab 
tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib 
o‘tgan voqea-hodisaga rahbarning ba’zi xatti-harakatiga rejalashtirilgan ishlarning 
bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish 
xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay, u muassasa oddiy ish 
qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. 
Ichki - shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, talaba) 
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim 
(masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni 
bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va 
ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Demak, bu holda 
tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay u muassasa oddiy 
ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. 
Ichki — shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, 
talaba) tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida 
xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki 
o‘qishga kech qolish, kelmay qolish reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, 
belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib 
chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan 
imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy 
tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsnng talabi bilan yoziladi, 


chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli 
intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo'lsa qo‘llamaslik uchun 
asos vazifasini o'tash mumkin. 
Tashqi xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan 
tushuntirish xatlari oddiy ish qog'ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki muassasaning 
to’liq nomi ushbu qog'ozda aks ctadi. 
Zaruriy qismlari yoki yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan 
deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarning joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy 
tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki 
qaratqich kelishigida rasmiylashtirish ma’qul. 
Quyida shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlariga bir necha namunalar 
beriladi. Muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari boshqa asosiy 
hujjatlarga bog‘liqligi sababli ularga namunalar berilmaydi. 
Ishonchnoma 
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish 
uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o"z 
mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini 
olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni 
ifodalaydi. 
Muallifni ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa 
tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, 
ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi. 
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba 
uyushmasi, tashkilotlar tomonidan muayyan lavozimli shaxsga uning. mazkur 
tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bfldirish uchun beriladi. 
Ular muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. 
Ayrim hollarda (masalan, kooperativ yoki ijtimoiy mulkni boshqarishda) 
ishonchnomaqonun talabiga ko'ra notarial tasdig‘idan o'tishi zarur bo‘ladi. 
Mazmun hamda vakolatning hajmiga ko‘ra ishonchnomalar birgalikda 
maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma muayyan bir ishni 
amalga oshirish, vazisfani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki 
qimmatbaho buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha 
bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus 
ishonchnoma hisoblanadi (masalan, yil davomida sud-hakamlik idoralarida 


korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy 
ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlarni amalga 
oshirish huquqini beradigan ishonchnomadir. 
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) 
muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha 
bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar 
ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan bo‘lsa,bunday 
hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. 
Rasmiy ishonchnomalar, odatda namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida 
rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarda ishonchnomaning barcha zaruriy 
qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va 
ko'rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari boimagan chog'da ishonchnomalar 
oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi 
muassasaning to'rtburchak muhri qo'yiladi. 
Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish-' 
va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar 
belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtirilib faqat shu korxona 
hodimlariga berilishi mumkin.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin