chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli
intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo'lsa qo‘llamaslik uchun
asos vazifasini o'tash mumkin.
Tashqi xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan
tushuntirish xatlari oddiy ish qog'ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki muassasaning
to’liq nomi ushbu qog'ozda aks ctadi.
Zaruriy qismlari yoki yozilish shakli jihatidan
tushuntirish xati arizadan
deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarning joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy
tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki
qaratqich kelishigida rasmiylashtirish ma’qul.
Quyida shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlariga bir necha namunalar
beriladi. Muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish
xatlari boshqa asosiy
hujjatlarga bog‘liqligi sababli ularga namunalar berilmaydi.
Ishonchnoma
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish
uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o"z
mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini
olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni
ifodalaydi.
Muallifni ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa
tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab,
ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari,
kasaba
uyushmasi, tashkilotlar tomonidan muayyan lavozimli shaxsga uning. mazkur
tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bfldirish uchun beriladi.
Ular muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
Ayrim hollarda (masalan, kooperativ yoki ijtimoiy mulkni boshqarishda)
ishonchnomaqonun talabiga ko'ra notarial tasdig‘idan o'tishi zarur bo‘ladi.
Mazmun hamda vakolatning hajmiga ko‘ra ishonchnomalar birgalikda
maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma muayyan bir ishni
amalga oshirish, vazisfani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki
qimmatbaho buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan
davr davomida bir qancha
bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus
ishonchnoma hisoblanadi (masalan, yil davomida sud-hakamlik idoralarida
korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy
ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlarni amalga
oshirish huquqini beradigan ishonchnomadir.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash)
muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha
bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar
ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan bo‘lsa,bunday
hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi.
Rasmiy
ishonchnomalar, odatda namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida
rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarda ishonchnomaning barcha zaruriy
qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va
ko'rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari boimagan chog'da ishonchnomalar
oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi
muassasaning to'rtburchak muhri qo'yiladi.
Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish-'
va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar
belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtirilib faqat shu korxona
hodimlariga berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: