Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditi
3.Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar va plastik karta hujjatlari auditi. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya muomalalari odatda, kassir, bosh buxgalter yoki unga vakolatli shaxs ishtirokida plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya mablag`larini inventarizatsiya qilishdan boshlanadi. Korxonada bir nechta kassa mavjud bo`lgan hollarda plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya qoldig`ining kamomadi bo`lgan taqdirda auditor tamonidan xulosa beriladi.
Auditor kassirdan inventarizatsiya o`tkazish vaqtigacha bo`lgan kassa
muomalalari bo`yicha kassa hisobotini talab qiladi. Shuningdek, barcha kirim va chiqim hujjatlari uning tomonidan hisobotga kiritilganligi va inventarizatsiya vaqtiga kelib kassaga kirim qilinmagan va hisobdan chiqarilmagan plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya mablag`lari yo`qligi to`g`risida tilxat berishi lozim.
Auditor to`g`ri rasmiylashtirilgan plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalarni kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo`lgan qoldiqni ko`rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to`liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo`lsa, auditor boshbuxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo`shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to`g`ri kelib, ko`p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo`lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo`shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to`langan chiqim hujjatlari (to`lov vedomostlari) sifatida yozib qo`yilishi mumkin. Bu holda har bir to`lov vedomostida qaysi tartib raqami bo`yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko`rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog`ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), qatiy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo`llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog`ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko`rsatiladi.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to`liq va o`z vaqtida
kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o`zaro taqqoslash usulini qo`llaydi. Bunda, I-sonli jurnal orderining vedomost tomonida 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari» schyotining debeti bo`yicha aks ettirilgan summalarni 22-sonli jurnal orderda aks ettirilgan 5110 -«Hisob-kitob schyoti» ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to`g`ri kelishi shart. To`g`ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko`chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.
Agar bank ko`chirmalarida o`chirilgan, to`g`rilangan, shuningdek qoldiqlar to`g`ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko`chirmani olish zarur. Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari»,
«Kassa operatsiyalarini tekshirayotganda auditor kassa operatsiyalari tartibiga qanday rioya qilinayotganini, kassa intizomini, plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya bilan amalga oshirilgan operatsiyalar qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim.
Amaliyotda plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiya muomalalariga doir suiste'mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo`yicha ko`p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o`lik jonlar» ni kiritish, berilishi lozim bo`lgan jami summani oshirib ko`rsatish, kassa hisobotiga qayta qo`shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o`zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi.
Auditor yuqoridagi faktlarga rioya qilinmaganligi to`g`risida buzilish hollari mavjud bo`lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiiste'mol, tovlamachilik holatlari berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.