Buxgalteriya va iqtisodiyot



Yüklə 108,1 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü108,1 Kb.
#210472
  1   2   3   4   5   6
Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditi


IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI XUZURIDAGI
SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
BUXGALTERIYA VA IQTISODIYOT
fakulteti


BUXGALTERIYA XISOBI
Magistratura ta’lim yo’nalishi

Amaliy audit”


fanidan
Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditi mavzusida
MUSTAQIL-TADQIQOT ISHI
LOYIHASI
Bajardi BH-03-23 guruh talabasi
Ilyorov Elbek Eldorjon o’g’li
sana________________

TOSHKENT 2023
Reja:

  1. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari.

  2. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditining huquqiy asoslari.

  3. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar va plastik karta hujjatlari auditi.

  4. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar orqali bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditi.




  1. Plastik kartalar orkali amalga oshirilgan operatsiyalar auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari.

Kassa muomalalarini yuritish O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o`zlarining pul mablag`larini bank muassasalarida saqlashlari shart.
«Yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi. Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday maqsadlar uchun olingan bo`lsa, faqat shunga sarflanadi. Tashkilotlar o`z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig`i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig`i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno. Zarur bo`lgan hollarda ko`rsatilgan limitlar qayta ko`rib chiqilishi mumkin. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar to`lashga foydalanishlari man etiladi».
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o`zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to`liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Pul mablag`larini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul mablag`larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo`ldagi pul (o`tkazmalari) mablag`lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag`lari» bo`limi bo`yicha ma'lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag`larini hisobga olish uslubiyotining O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to`g`risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
- inventarizatsiya o`tkazish yo`li bilan plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning haqiqiy qoldig`ini aniqlash;
- kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash;
- bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo`yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;
- o`tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.
Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarga oid o`quv adabiyotida Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar oqimini aks etuvchi schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va xojalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir.
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma'lumot manbalari Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari auditi o`tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya qilinganligini aniqlashdan iborat:
Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirishda ma'lumot manbasi quyidagilar hisoblanadi:
- Plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni kirim qilish va berish bo`yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish;
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga olish daftari (KO-3, KO-Za);
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
- 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5110 - «Hisob-kitob schyoti»,5610
-«Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha), schyotlari, 006 - «Qat'iy hisobot blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-kitob schyotlari bilan korrespondentlangan schyotlar bo`yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa hisobot shakllari».




  1. Yüklə 108,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin