404
2.
Haqiqatda mavjud mol-mulk miqdorlarini buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari bilan solishtirish;
3.
Majburiyatlarning buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirilganligini
tekshirish.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning joylashgan yeri va moliyaviy
majburiyatlaridan qatiy nazar, ularning tassarufidagi barcha mol-mulklar qayta
rо‘yxatga olinadi. Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
vaqtincha saqlashga, ijaraga, qayta ishlash uchun olingan va biron-bir sababga
kо‘ra ilgari hisobga olinmay qolgan barcha mol-mulklar ham yо‘qlama qilinishi
kerak.Qayta rо‘yxatga olish, о‘tkazish xarakteriga, korxonalar mulkini qamrab
olishiga va o’tkazish muddatlariga kо‘ra tavsiflanadi.
О‘tkazish harakteriga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish rejali va tasodifiy
bо‘lishi mumkin. Rejali qayta rо‘yxatga olish xо‘jalik mablag‘larini ma’lum bir
belgilangan vaqtda hisobga olish bilan izohlanadi. Buning uchun, har hisobot
yilining boshiga, korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda bosh buxgalter
tomonidan aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni qayta rо‘yxatga olish rejasi
ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qayta rо‘yxatga
olishni tо‘g‘ri va sifatli bо‘lishini ta’minlash uchun, uni tо‘satdan о‘tkazish
kerak. Shuning uchun qayta rо‘yxatga olish rejasini ma’lumotlari moddiy
javobgar shaxslardan sir saqlanadi.
Tasodifiy qayta rо‘yxatga olish ma’lum bir sabablarga kо‘ra о‘tkaziladi.
Masalan, moddiy javobgar shaxslar almashganda yoki tashqi nazorat idoralari
(soliq idorasi, soliq departamenti, prokuratura hamda bо‘lak nazorat idoralari)
talabiga kо‘ra. Tekshiruvlar ularning bevositi ishtirokida va nazoratida
о‘tkaziladi.
Korxonalar mulkini qamrab olish darajasiga kо‘ra qayta rо‘yxatga olish
yoppasiga va qismani bо‘ladi. Yoppasiga rо‘yxatga olishda qaytda rо‘yxatga
olish joyidagi hamma mol-mulkar, qisman rо‘yxatga olishda esa, saralab olingan
mol-mulklargina xatlovdan о‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: