267
(olmoq); sodir bо‘lish va g‘oyib bо‘lish, deb asoslaydi
65
. Ikki yoqlama yozuv
tizimida sodir bo’lgan xo’jalik hodisalari eng kamida ikki joyga, ikki marta, bir
schyotning debetiga va boshqa bir schyotning kreditiga teng so’mmalarda qayd
qilinishi kerak. SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida har doim balans
(tenglik) mavjud bo’ladi. Ikki yoqlama yozuvni o’rganishni schyotning “T-
modeli”ni o’rganishdan boshlash uning mohiyatini tushunishni osonlashtiradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari sxematik tarzda ikki tomonlama jadval bо‘lib
кирилча “T” harfi yoki kitobning ikki beti ko’rinishiga ega (14-chizma).
Bu kitob “Bosh kitob” deyiladi. Kitobning yoki schyotning chap tomoni
“Debet” o’ng tomoni esa “Kredit” deb ataladi. “Debet” va “Kredit” sо‘zlari
lotinchadan olingan bо‘lib, “Debet” sо‘zi “qarzdor”, “Kredit” sо‘zi esa “ishonadi”
degan ma’nolarni bildiradi. Bu so’zlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida
ishlatishda о‘zining tub ma’nosini yо‘qotadi, shunchaki schyotning о‘ng va chap
tomonlarini shartli belgisi bо‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: