Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
N. TOSHMAMATOV A. TUYCHIEV S. BUZRUKXONOV
I. YORMATOV B. SHARIPOV 
 
 
 
 
BUXGALTERIYA HISOBI
:
1-MODUL: “BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT 
 
 ASOSLARI” 
2-MODUL: «BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI» 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Farg’ona – 2020 



UO‘K:
KBK: 
N. Toshmamatov A. Tuychiev S. Buzrukxonov I. Yormatov B. Sharipov 
Taqrizchilar: 
1. Pardaev M. Q. – Samarqand “Iqtisodiyot va servis” institutining professori, 
iqtisod fanlari doktori 
2. Karimov A. A. – Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi 
mudiri, professor, iqtisod fanlari doktori 
3. Abdullaev A. A. – Andijon “Yuqori texnologiyalar” institutining professori, 
iqtisod fanlari doktori 
Ushbu darslik Davlat ta’lim standartlari talablari, buxgalteriya hisobi fani o‘quv 
dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Buxgalteriya hisobi”, “Audit”
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur darslik 
talabalar uchun “Buxgalteriya hisobi” fanidan asosiy o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba 
asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa iqtisodiyot ta’lim yonalishida tahsil olayotgan 
talabalar, magistrlar, doktorantlar va xo‘jalik yurituvchi subektlarning mutaxassislari, ushbu 
sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Настоящий учебник подготовлено в соответствии требованиях государственных 
образовательных стандартов, учебной программы по бухгалтерскому учету и аудиту и 
предназначен для студентов специальности «Бухгалтерский учет и аудит», 
«Бухгалтерский учет», «Аудит». Учебник предназначен для студентов в качестве 
основного учебника по «Бухгалтерскому учету» и написан на основе зарубежного 
передового опыта. Может быть также использованы студентами, обучающимися других
экономических направлений, магистрами, докторантами и специалисты бизнес-субъектов, 
а также и исследователями, проводящими исследования в этой области.
This textbook is based on the requirements of the State Educational Standards, 
Accounting and Audit curriculum, and is intended for students majoring in "Accounting and 
Audit". This textbook is intended for students as the main textbook on "Accounting" based on 
foreign experience, which can be used by students studying economics, business entities, and 
researchers conducting research in this field. is possible. 



KIRISH 
Buxgalteriya hisobi amaliy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy bilm 
sohasi bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatli 
to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya hisobi yordamida ro’yxaga olinadi, 
qayta ishlanadi, hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga va boshqa 
manfaatdor bo’lgan shaxslarga taqdim etiladi.
Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 –yil 20-
apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risi”dagi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli 
mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va 
tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” 
PQ-3151 hamda 2018 yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshiraliyotgan keng 
qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risidagi” PQ-37- sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga 
muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Buxgalteriya hisobi” fanining 
“Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari” va “Buxgalteriya hisobi 
nazariyasi” modullarini o’rganishda zarur bo’lgan asosiy mavzular 
yoritilgan. 
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlab aytganidek, «Endi har 
birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – 
o’zimiz ma’sul bo’lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy 
baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’suliyat bilan 
bajarishni ta’minlashdan iborat»
1
. Bunday vazifani sifatli va o’z vaqtida 
bajarish har bir rahbardan o’zi boshqarayotgan korxonaning moliyaviy 
1
Mirziyoev SH.M. Tanqidiy talil, qa’tiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik–har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo’lishi kerak» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga muljallangan iqtisodiy dasturning ng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasi. 



holatiga e’tiborsiz bo’lib qolmasdan, boshqaruv tizimining asosiy bo’g’ini bo’lgan, 
hisob ishlarini, eng avvalo, buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil qilishga bog’liq. 
SHuning uchun ham bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruv sharoitida 
buxgalteriya hisobini isloh qilish, uni xalqaro andozalar darajasida tashkil etish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxona faoliyatini iqtisodiy va moliyaviy holatlarni aks ettirishda 
buxgalteriya hisobining milliy andozalariga tayanib ish yuritishi va boshqaruv 
qarorlari qabul qilishi kerak. Bunday talab har qanday rahbardan buxgalteriya 
hisobining asoslarini bilishni talab etadi.
Buxgalteriya hisobi fanida xo’jalik subektlarining faoliyatida ishtirok 
etadigan aktivlar, passivlar va majburiyatlar hamda ularni o’zgarishga olib 
keladigan xo’jalik jarayonlari iqtisodiy qonunlar doirasida yoritiladi.
Buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog’liq bo’lgan “Buxgalteriya 
va kasbiy faoliyat asoslari”, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob» 
va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bo’linadi. Buxgalteriya hisobining paydo 
bo’lish va rivojlanish tarixini, uning bajaradigan funksiyalarini, vazifalarini, hisob 
ishlarini tashkil qilish tamoyillarini hamda fanning predmetini, hisob ishlarini tash 
killash usul va uslubiyotini “Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari” 
va«Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanlari o’rgatadi. Buxgalteriya hisobining aniq 
ob’ektlarini hisobga olish tamoyillari va tartibi «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv 
hisobi» fanlarida o’rganiladi.
Ushbu darslik hozirda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida 
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, 
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom, O’zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya hisobi Milliy andozalari va buxgalteriya hisobiga doir 
boshqa meoyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 
tayyorlandi. Darslikda buxgalteriya hisobining vazifalari, predmeti, obekti, 
usullari, uslubiyoti hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish konsepsiyasi kabi nazariy 
savollar mutaxassislikning davlat ta’lim standartlari va namunaviy dastur 



talablaridan kelib chiqqan holda yoritilgan.
Har bir mavzudan so’ng bilimlarni mustahkamlash maqsadida 
mustaqil ta’lim uchun nazorat savollari, testlar hamda mavzular bayonidan 
keyin fanni o’rganish jarayonida uchraydigan atamalarga ensiklopedik 
izohlar keltirilgan.
Darslik oliy ta’limning 200000 – «Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va 
huquq» ta’lim sohasidagi 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» 
bakalavriat yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan bo’lib, undan 200000 – 
«Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va huquq» ta’lim sohasidagi boshqa yo’nalish 
talabalari va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishi bo’yicha ta’lim 
olayotgan kollej, texnikum o’quvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, 
buxgalterlar va buxgalterya hisobini mustaqil o’rganuvchilar ham 
foydalanishlari mumkin. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin