10
bilan rivojlangan. Ular junatgan tovarlarini sifat va miqdorini hisobga olishda
ichiga sharchalar solingan chiroyli qilib ishlanggan loy idishlardan foydalanilgan.
Usha yerda eramizdan 3200 yil oldin loydan yasalgan jadvallarda yoki bambuk
daraxtining pustlog’ida hisob yuritila boshlangan
13
.
Ovrupalik olimlar birinchi savdo muomilalari eramizdan avval 3600 yil
muqqadam SHummerda toshlarda
qayd etilganini yozishgan
14
. Keyinchalik
eramizdan avval 3200 yillardan boshlab u yerda loydan va papiruslardan
tayyorlangan jadvallarda hisob ishlari olib borilgan
15
. Bu jadvallar asosiy hisob
registiri bo’lib hisoblangan. Hisob ma’lumotlarini tashuvchi boshqa vositalar ham
mavjudligi topilgan, xususan, 1897 yili eramizdan 5000 yil avval schyotlarni olib
borish uchun fil suyaklaridan
yasalgan jadvallardan, temir va sopol idishlardan
foydalanilganlk ham aniqlangan: misol, qadimiy Hindistonda birlamchi hujjat
vazifasini bajaruvchi mayda toshchalarni krujkalarga solib hisob yuritishgan
16
.
Gretsiya va Rimda asalari mumi jadvallaridan, misdan
tayyorlangan doskalardan,
teridan, matodan, papirus va pergamentlardan, Galida - keramikadan tayyorlangan
plitkalardan va kulolchilik qalamchalaridan foydalanishgan
17
.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha bahzi bir tarixiy adabiyotlarda duniyoning
SHarq mintaqasida hisob ishlarini tashkil qilish Ovrupa davlatlariga nisbatan ancha
yillar oldin, eramizdan avvalgi 8000 yillarda, mavjud bo’lganligi
ham bashorat
qilingan
18
.
Dostları ilə paylaş: