14
Ng’yuton sistemasi kabi ko’tarinkilik bilan hayotga kelgan”, deb hisoblaydi. SHu
davrda u shaklan o’zgargan bo’lishi mumkin, lekin mazmunini saqlab qolgan.
Xo’jaligi hisobining buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan ikki yoqlama yozuv
tamoyilining asoschisi Luko Pacholo o’zining “Schyotlar haqida risola”
nomli
asarida buxgalteriyada bajariladigan ishlar tartibini yoritgan. Bu risolada buxgalteri
hisobining xususiyati va tamoyillari nazariy jihatdan asoslab berilmagan. Luko
Pachola va undan keyin yillar davomida iqtisodiy voqealiklar sodir bo’lish vaqtida
og’zaki ko’rsatmalar asosida hisobga olingan.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv
mohiyatini xo’jalik operatsiyalari tahsirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni
schyotlar tizimi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib
izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yo’q. Schyotlarda ikki yoqlama
yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi
mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi.
Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani o’zini yoki uning tashqi mohiyatini
tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo
bo’lish sabablarini ko’rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur.
Bu esa, o’z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi.
Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan
asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini
bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi
nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda
amalga oshirish kerakligini
qanday obektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday
xo’jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi to’g’risida
bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini
tashkil qilishni nazarda tutadi.
Ma’lumki,
tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan isteomol qiymatiga,
ya’ni odamlarni isteomolini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv
qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar isteomol qiymati
15
jihatidan
turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. CHunki tovar
abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bo’ladi.
Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi –
sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. Tovar
ishlab chiqaruvchi bozorda
sotuvchi sifatida namoyon bo’lganda, uning xo’jaligidagi tovar pulga almashadi,
qachonki u xaridor sifatida namoyon bo’lsa, uning xo’jaligidagi pul tovarga
aylanadi. Bunday o’zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda
kechadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish
uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak.
Axborotlar oqimining ko’pligi tufayli tovar va pullarda sodir bo’ladigan hamma
o’zgarishlarni yodda saqlab bo’lmaydi.
SHuning uchun tovarni pulga, pulni
tovarga aylanishini bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida –
alohida olib boradi. SHu bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib
boradi, chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi.Har bir korxona
bir holatda sotuvchi, yana bir holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala
holatda ham uning xo’jaligida tovarlar kamayib pullar ko’payadi, yoki teskarisi,
pullar kamayib tovarlar ko’payadi. Pullarda va tovarlarda sodir bo’ladigan
o’zgarishlarni qayd qilish ikkita o’lchovlarda, ko’payish
yoki kamayish, sifatida
qayd qilib borish bilan ifodalanadi. Binobarin, xo’jalik muomalalarining
matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil qiymat bo’yicha
qayd qilinar ekan
(plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga birini
ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.
Dostları ilə paylaş: