11
X1 asrda paydo bo’lgan. Ammo buxgalteriya hisobining kelib chiqishi va
rivojlanishi uzoq tarixga borib taqaladi.
Kitob yuritish haqidagi ta’limot Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga
bundan yaqin 1500 yil muqaddam Ollohdan vaxiy kelgan. “Baqara” surasining
282 oyatida Olloh shunday marhamat qiladi
:
“Ey mo’minlar, bir-biringiz
bilan qarz
muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan
yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan qo’rqsin va u qarzdan biror narsa
kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo’lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib
Alloh bildirgan
yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin!” Ushbu oyatning
mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilinadi, chunki alohida
varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish oson bo’ladi.
Tarixiy manbaolarda E’tirof etilishicha Xitoyda hisob ishlarini tashkil
qilishning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari aniqlangan. Eramizning 7-13 asrlariga
kelib Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishning rivojlangan tizimi yuzaga
kelgan. Hisob xodimlarining faoliyati qiymatliklarning kirimi, chiqimi va qoldig’i
aks ettiriladigan uchta bo’limga muvofiqlashtirilgan. Birinchi va ikkinchi bo’limda
faoliyat olib borgan xodimlar moddiy qiymatliklarning
harakatini hisobga olish
bilan shug’ullanishgan, uchinchi bo’limdagilar esa, inventarizatsiya utkazgan,
moddiy qiymatliklarning naturadagi miqdorlarini aniqlashgan. Lekin ularning
hisob ma’lumotlarini bilishmagan. Haqiqiy holatdan faqat yuqori administratsiya
xabardor bo’lgan.
Xitoyda moddiy qiymatliklarni hisobga olishda turt ustunli nomi bilan
atalgan tizimidan foydalanilgan:
K– CH ═ Qb - Qo,
Qaerda:
Q – kirim;
CH – chiqim;
Qb – boshlang’ich qoldiq;
Qo - keyingi qoldiq.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha Xitoyning hozirgi
olimlari bu formulada ikki
12
yoqlama yozuvning asoslari mavjudligini E’tirof etishgan.
Gretsiya va Rimda hisob registrlarining ancha rivojlangan va takomillashgan
- kitob shakli uchraydi. SHarara - Russo
19
greklar hisob yuritishda ikkita
registrdan, jurnaldan va kitobdan, rimliklar esa, shu tajribadan foydalanishgan deb
taxmin qilgan.
Buxgalterlik lavozimi imperator Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda
chiqargan buyrug’iga binoan birinchi bo’lib, Insburk schyotlar palatasininng ish
yurituvchisi Xristofor SHtexerga berilgan.
Buyruq Vena davlat muzeyida
saqlanmoqda. 1498 yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” degan terminlar
eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu
terminlar Rossiyada 1732 yildan qo’llana boshladi. 1732 yil 11 sentabrda
Kommers – Kollegiyaning buyrug’i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter
etib Gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter
ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo’lgan
boshqaruv xodimi
hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va
bosh buxgalter bo’lishi mumkin. Katta buxgalter - buxgalteriyaning
bo’limi(guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani barcha bo’limlarini
boshqaradi. Buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini bilishlik, balki ishlab
chiqarishning biznes-rejalarini tuzishni, moliyaviy va
boshqaruv faoliyatni tahlil
qilishni, korxona faoliyatining barcha sohalarni chuqur bilishlik va boshqaruv
qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi.
Buxgalteriya hisobi har qanday korxonaning iqtisodiy siyosatini
shakllantirishning yagona mexanizmi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini
paydo bo’lish va rivojlanish tarixi haqida iqtisodiy adabiyotlarda turli xil qarashlar
mavjud
20
.
19
Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47.
20
Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. Paryzinski zdzislaw.
Prekursozi zawodu ksiegowego. Rachunkowosc/ 1970.-№1, Melis. Storia Della Ragioneria. – Bologna. 1950,
Betriebswirtschaft. 1982. - №2, Tessier Andre. Documentskomptables de la France antique. Revue 1964. №53, Guo
Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2, Guo
Daoyang. The Historical Contributions of Chinese Accounting. Accounting Historiahs Hotebjok.1989, №2,
Charara-Rousseau J. Levoolution de la comptabilite a partie double. Revue Francaise de comptabilite. 1963, № 47,
Bedford N., Bolduene B. A communication theori approachto accoutanci. The accouting Review. -1962- V. 37. - №
4. 133., Nажмиддин Toshmamatov Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. “Navruz”. 2017 yil 380 bet., Н.
13
O’zbekistonda oliy ma’lumotli buxgalterlar Toshkent,
Samarqand va
Farg’ona maktablarida, o’rta maxsus ma’lumotli buxgalterlar Respublikaning
barcha viloyatlarida ko’plab tashkil etilgan kollejlarda va texnikumlarda
tayyorlanadi.
Buxgalteriya hisobi hisob ishlarining yuqori darajadagi shakli bo’lib, tarix
asirlar davomida uning oldiga usha davr bilan bog’liq bo’lgan turli mazmundagi
masalalarni qo’ydi va qo’yib kelmoqda. Buxgalteriya
hisobi ilmiy kategoriya
majmuasi va schyot yuritish tizimi sifatida korxonalarda tashkil qilinadigan
buxgalteriya va uning apparati bajaridigan ishlar doirasini belgilab beradi.
Hisbchilik insoniyatni ongli rivojlanishi jarayonining mahsuli sifatida uning
o’ziga xizmat qiladi. SHuning uchun hisobchilikning paydo bo’lishi va tarixiy
rivojlanishi olamni va insoniyatni paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan chambarchas
bog’liq deb hisoblaymiz.
Buyuk
Ovrupalik
iqtisodchi
olim
B.
Solazano
tahkidlaganidek:
“Buxgalteriya hisobi barcha fanlar va sanahtlardan yuqori turadi, chunki hamma
unga muhtojdir u esa hech kimga muhtoj emas. Buxgalteriya hisobisiz dunyoni va
jamiyatni boshqarish mumkin emas, usiz odamlar bir-birini tushuna olmaydi”.
Dostları ilə paylaş: