Har qanday fanning o`ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo`ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og`irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko`p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog`langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va xokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Хorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish kiyin. Хuddi shunday falsafaning fanlik makomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o`rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko`ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o`zaro bog`lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini kurib utdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan kiska tanishaylik.
Kategoriya o`zi nima? Bu so`z qadimgi yunon tilidan olingan bo`lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko`rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok ilmiy tadqiqot yo`nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo`lib, Arastu ta’riflab bergan. U o`zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o`rin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob-ukubat». Bu turkumlashtirish, o`z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o`rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko`proqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qo`shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo`lgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shug`ullangani va yoshlarni bu ilm yo`liga boshlab, ularning noto`g`ri tarbiyasiga sabab bo`lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun to`rtki bo`lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa o`z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo`lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko`plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o`zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut G`oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv vokelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o`zaro bog`lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko`pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo`shiladilar. Bu ma’noda borliq, vokelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo`nalishdagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog`lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining o`zluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Aloxidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Aloxidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini aloxidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o`tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday aloxidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo`lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o`ziga xos bo`lgan modelni taqozo qiladi. Aloxidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Aloxidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko`rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo`lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada aloxidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg`unlikka ega bo`lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Хegel, aloxidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo`lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida aloxidalikning umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu xaqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» to`g`risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo`lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o`z o`rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi targ`ibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo`lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu ХХ asrning 30-yillarida fashizm mafko`rasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Aloxidalikni, umumiy qonuniyatlar targ`ibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab vokelikning aloxidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko`ra, har qanday sistema o`z targ`ibidagi nisbatan yangi, aloxida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo`la olmaydi. Shunday qilib, aloxidalik vokelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda aloxidaliklarning konkret xususiyatlari o`rtasidagi bog`lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi aloxidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo`ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tulakonli bo`lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o`ziga xos bo`lgan yo`nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat targ`ibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo`nalishlarga asos bo`lgan. Bu madaniyat yo`nalishlari nisbatan mustaqil bo`lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chigkan bo`lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning bog`lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog`lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to`zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg`un bog`lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to`zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ`ibiy to`zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko`rinishlari, DNK yoki RNK larning o`zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo`lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo`lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o`zaro bog`lanish, aloqadorlik, munosabat jixatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targ`ibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko`rinishlari tarzida namoyon bo`ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo`lsak, undagi element aloxida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabakalarning ongli munosabatlari tarzida ko`zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy to`zilishni tashkil qilgan. O`z navbatida, sistemani tulaligicha bilish, uning stukturaviy to`zilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini aloxida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni aloxida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va extiyojlariga ko`ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri xisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida aloxida olib tahlil qiladigan bo`lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko`ramiz. Shunga ko`ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo`lib, kategoriyalar sifatida, unga bo`lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo`lib xisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko`ra: muxim va muxim bo`lmagan, asosiy va asosiy bo`lmagan elementlarga ajratib o`rganish aloxida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko`ra, o`z ahamiyatiga ega bo`ladi. Birok, ularning ahamiyatini, yuqorida ko`rsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga ega bo`lib, muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko`ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab to`rgan muxim element, ma’lum vaqtga kelib muxim bo`lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo`lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo`ladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko`rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini aloxida tahlil qilish zarur.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko`raylik. Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. Mohiyatni aloxidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o`rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sub’ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko`ra, asosiy va asosiy bo`lmagan, nisbatan barqaror yoki o`zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o`rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson extiyojlarini kondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustkurmasining siyosiy elementi bo`lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat xududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo`lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko`ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va extiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog`lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo`ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o`zgartirishga inson muayyan extiyojlar asosida yondoshadi. Bu yondoshish sub’ektiv harakterga ega bo`lib, uning konkret extiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Masalan, chankagan kishi uchun suv uning chankoKini kondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o`tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat xisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o`zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday jo`z’iy o`zgarish ham, uning muqarrar o`zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o`tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog`liqligi aniqlangan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada kotarsak, uning elektr tokini o`tkazish xususiyatini ulchaydigan asboblar bu o`zgarishlarni kayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini o`tkazuvchanlik xususiyati yuqolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog`lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o`z xususiyatlariga ko`ra sistema, struktura va elementlarda o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muxim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o`rtasidagi bog`lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy harakterga ega. Ya’ni, mazmunning o`zgarishi shaklning o`zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo`lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog`lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo`lish mumkin bo`lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo`lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday jo`z’iy o`zgarish ham bir-biridagi o`zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo`lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli o`zgarishi bilan uning mazmuni ham o`zgaradi. Ya’ni, suv buK holatida chankokni kondirmaydi, o`simliklarni sug`orish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog`lanishlari sistemaning harakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, strukturaviy bog`lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko`ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo`rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo`lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishlarini aloxida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning ob’ektiv harakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi sub’ektiv, muqobil qarashlarda o`z ifodasini topadi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko`ra, ularning mazmuni va shakli o`zgarib turadi. O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo`ladi. Shunga ko`ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muximdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo`ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo`lib xisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo`lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo`lmagan, muxim va muxim bo`lmagan sabablarga ajratish mumkin.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko`ra, sababni bir vaqtning o`zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo`ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog`lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Хegel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning ob’ektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, targ`ibiy elementlari munosabatlariga xos bo`lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy harakterga ega bo`lib, xech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo`lmaydi;
4) sabab zaruriy bo`lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;
5) sababning o`zluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog`lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog`liqligini harakterlaydi.
Zaruriyat va tasodif. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muxim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Тasodif esa – zaruriyatning namoyon bo`lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy to`zilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda ob’ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishi tarixiy obe’ktiv zaruriyatdir, uning «o`zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo`lishidir. Bunda tasodif «sub’ektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko`zga tashlansa ham, ob’ektiv hodisadir. Chunki, O`zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o`tishning harakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o`zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo`lishi, o`z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat makomiga ega bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o`rtasidagi bog`lanishlar sabab-oqibat munosabatlari harakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub’ekt extiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo`lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobik Ittifokning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob’ektiv qonuniy harakteri inkor etilmokda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida xech qanday imperiyaning abadiy bo`lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni kurib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog`lanishi shundaki, ular bir-birisiz mavjud bo`la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar G`ayriilmiydir.
Imkoniyat va vokelik – falsafaning muxim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Vokelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo`lishidir. Imkoniyat va vokelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko`ra, boshqa kategoriyalar bilan bog`liqlikda tahlil qilish muxim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o`zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning vokelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavxum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat kurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.
Dostları ilə paylaş: |