1.)O’tish xarakteristikasini olish usullari quyidagi asosiy shartlarni
bajarilishigaorqali amalga oshiriladi:
- birlik pog’onali ta’sir berilishidan oldin o’tish xarakteristikasi
olinayotgan rostlanuvchi parametrga ko’ra rostlash ob’yektining ish rejimi
stabillashtiriladi; rostlash ob’yekti va rostlanayotgan parametr rostlagichi oraisdagi
asosiy teskari bog’lanish uziladi;
- ta’sirning kattaligi rostlash ob’yekti ish rejimini buzish davomiyligining ishlab
ishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Rostlash ob’yektiga berilayotgan ta’sir tajriba vaqtida mavjud bo’lgan
tasodifiy g’alayonlardan ancha katta bo’lishi lozim (odatda bunday ta’sir
maksimal mumkin bo’lgan ta’sirning 10% dan kam bo’lmasligi lozim). Murakkab rostlash ob’yektlari xar xil ta’sir turlarida turlicha dinamik xususiyatga ega
bo’lganliklari uchun o’tish xarakteristikalari boshqaruvchi λ (t) va g’alayonlai
(t) ta’sirlarda olinadi. Tajriba aniqlik darajasi yetarli bo’lishi uchun kamida
ikki marotaba o’tqaziladi. Berilgan vaqtda ob’yekt ichidagi modda yoki energiyaning miqdori sig’im deyiladi. Sig’im qanchalik katta bo’lsa, ob’yektga ko’rsatiladigan ta’sir
natijasida rostlanuvchi kattalikning o’zgarishi shuncha past bo’ladi. Sig’imi katta
ob’yektlar kichik sig’imli ob’yektlarga nisbatan turg’unroqdir.
Ob’yektining unga berilgan ta’sirdan so’ng yangi barqaror holatga kelish
qobiliyati rostlash ob’yektining o’z-o’zini to’g’irlanish xossasi deyiladi. Bir
sig’imli bunday ob’yektlarning o’tish xarakteristikalari keltirilgan. Bir sig’imli o’z-o’zini rostlash ob’yektlarining o’zga xos xususiyati Ychiq
parametrning o’zgarish tezligi ta’sir berilgan vaqtidan boshlab maksimal
bo’lishidir. Rostlash ob’yektining dinamik xususiyatlarini baholovchi o’tish
xarakteristikasining parametrlari 6.2-rasmda ko’rsatilgandek aniqlanadi:
– rostlash ob’yekti uchun tezlab ketish vaqti. Bu vaqt davomida
rostlanayotgan parametr t0 vaqt momentidagi o’zining boshlang’ich qiymatidan
ta’sir kattaligiga javob beruvchi berilgan qiymatgacha doimiy maksimal tezlik
bilan o’zgaradi. Tezlab ketish vaqtiga teskari bo’lgan kattalik tezlab ketish tezligi deb ataladi
O’z-o’zini to’g’irlovchi rostlash ob’yektlari uchun o’z-o’zini to’g’irlash
(o’z-o’zini sozlash) darajasi yoki koeffitsienti ρ tushunchasi kiritilgan va bu
kattalik rostlash ob’yektiga ta’sir berilishi tezligi bilan rostlanayotgan parametr
o’zgarishi tezligi bog’liqligini ko’rsatadi: , oxirgi o’zgartirishlardan so’ng (-) ishorasi o’z-
o’zini to’g’irlash parametrning chetlashishi chetlashish sababini kamaytirishga
olib keladigan holda o’rinli bo’lishini ko’rsatadi.
2.) Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlashi tizim elementlarining to‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bog‘liq. Buning uchun, rostlanuvchi ob’ekt va ART lar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak.
Rostlanuvchi ob’ektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan hajmi, oqib o‘tadigan fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari bilan farq qiladi. Ammo ART larni tahlil qilishda, ob’ektlar va ART elementlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini aniqlash hamda ob’ektlarni shu xususiyatlar bo‘yicha namunali obe’ktlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir.
O‘rganilayotgan ob’ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob’ektning matematik modelini kurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni bajarish demakdir.