Arp va icmp protokollar. Kompyuter tarmoqlarida dinamik yo’naltirish. Korporativ tarmoqda rip protokolini sozlash



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/4
tarix25.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#148406
  1   2   3   4
2-laboratoriya mashg\'uloti LKTni tashkil qilish


2 – Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil qilish va unda ishlash. Protokollar. ARP va ICMP protokollar. Kompyuter tarmoqlarida dinamik yo’naltirish. Korporativ tarmoqda RIP protokolini sozlash
Ishning maqsadi:

  1. Dinamik (adaptiv) yo'naltirish haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo‟lish.

  2. Cisco Packet Tracer dasturidan foydalanib dinamik yo'nalishni sozlash.

  3. RIP protokolini sozlash.

Texnik jihozlar:

  • PC Kompyuterlar;

  • Router (Cisco);

  • Cisco Packet Tracer dasturi paketasi.

Nazariy ma’lumotlar:
Dinamik (adaptiv) yo‟naltirish algoritmi eng ko„p tarqalgan yo‟naltirish hisoblanadi. Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o„zgargandan so„ng yo‟naltirish jadvalining avtomatik yangilanishini ta‟minlaydi. Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma yo‟naltirgichlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o„zgarishlarini operativ ko„rib chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig„ishga imkon beradi. Adaptiv yo‟naltirishda yo‟naltirish jadvalida, odatda ushbu yo„nalish qancha amaliy bo„lib qolish vaqti oralig„i to„g„risida axborot bor. Bu yo‘nalish faoliyatining vaqti (Time To Live, TTL ) deyiladi. Adaptiv algoritmal odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig„ib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan yo‟naltirgichlar yo„qligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma yo‟naltirgichlar orasida taqsimlangan.
Yo‟naltirishning adaptiv algoritmlari bir nechta muhim javob berish kerak. Birinchidan, ular yo„nalishning optimalligini ta‟minlamasa ham, uning ma‟qulligini ta‟minlash kerak. Ikkinchidan, algoritmlar yetarli darajada oddiy bo„lishi kerak, ularni amalga oshirishda juda ko„p tarmoq resurslari sarflanmasligi kerak. Oxirida yo‟naltirish algoritmlari moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo„lishlari kerak, ya‟ni har doim ma‟lum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.
Hisoblash tarmoqlarida xozirgi vaqtda qo„llaniladigan yo„nalish axborotlari bilan almashuvchi adaptiv protokollar, o„z navbatida ikki guruxga bo„linadi. Guruxlarning xar biri quyidagi algoritmlarning biri bilan bog„langan:

  • masofa-vektor algoritmlari (Distance Vector Algorithms).

  • aloqa xolati algoritmlari (Link State Algorithm). Masofa-vektor turidagi algoritmlarda har bir yo‟naltirgich tarmoq bo„yicha vaqti – vaqti bilan va keng ogoxlantirilgan holda vektorni tarqatadi, uning komponentlari bo„lib, ushbu yo‟naltirgichdan to unga ma‟lum hamma tarmoqlargacha bo„lgan masofa xisoblanadi.

Masofa deganda xoplar soni tushuniladi. Nafaqat oraliq
yo‟naltirgichlar soni, tarmoq bo„yicha qo„shni yo‟naltirgichlar orasidan paketlarni o„tish vaqtini xam xisobga oluvchi boshqa metrika ham bo„lishi mumkin:
Qo„shnidan vektorni olgandan so„ng, yo‟naltirgich vektorda ko„rsatilgan tarmoqlargacha masofani, ushbu qo„shnigacha bo„lgan masofani ko„paytirib boradi. Qo„shni yo‟naltirgich vektorini olgandan so„ng, xar bir yo‟naltirgich unga o„zi bevosita (agar ular uning portiga ulangan bo„lsa) yoki boshqa yo‟naltirgichlarning e‟lonidan unga ma‟lum bo„lgan boshqa tarmoqlar to„g„risidagi axborotlarni qo„shadi, keyinroq vektorning yangi ma‟lumotini tarmoq bo„yicha yuboradi. Xullas oxirida, xar bir yo‟naltirgich inter tarmoqdagi bor bo„lgan tarmoqlar to„g„risida axborot qo„shni yo‟naltirgichlar orqali ulargacha bo„lgan masofani bilib oladi.
Masofa-vektor algoritmlari faqat uncha katta bo„lmagan tarmoqlardagina yaxshi ishlaydi, katta tarmoqlarda esa ular aloqa liniyalarini intensiv keng ogoxlantiruvchi trafik yaroqsiz holatga kelib qoladi. Bundan tashqari ushbu algoritm bo„yicha konfiguratsiyaning o„zgarishi, har doim to„g„ri katta ko„rilmagan bo„lishi mumkin, chunki yo‟naltirgichlar tarmoqdagi aloqalarning topologiyasi to„g„risida aniq tushunchaga ega emaslar. Ular faqat vositalar orqali olingan umumlashtirilgan axborot-masofa vektoriga ega. Masofa-vektor protokoliga muvofiq yo‟naltirgich ishi ko„prik ishini eslatadi, chunki bunday yo‟naltirgich tarmoqning aniq topologik sur‟atiga ega emas.
Masofa-vektor algoritmiga asoslangan eng tarqalgan protokol bo„lib, RIP protokoli xisoblanadi. U ikita versiyada tarqalgan-IP protokoli bilan ishlovchi RIP IP va IPX protokoli bilan ishlovchi RIP, PX.
Aloqa xolatining algoritmlari tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan xar bir yo‟naltirgichni ta‟minlashadi. Xamma yo‟naltirgichlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu yo‟naltirish jarayonini konfiguratsiyasini o„zgarishlariga mustaxkamlaydi. “Keng ogoxlantiruvchi” uzatish (ya‟ni yo‟naltirgichning bevosita qo„shnilariga paketni uzatish) bu yerda faqat aloqalar holati o„zgargandagina ishlatiladi, bu xolat ishonchli tarmoqlarda kam uchrab turadi.
Tarmoq bo„yicha tarqalayotgan axborot aloqaning xar xil turlaridan: yo‟naltirgich-yo‟naltirgich, yo‟naltirgich-tarmoq tavsiflaridan iborat.
Aloqalar xolati algoritmlari asosidagi protokollar bo„lib, OSI stekining IS-IS protokoli (Intermediate System To Intermediate System), TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path First) protokoli va yaqinda amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli xisoblanadi.
Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yo„nalishini tanlash yo„nalish jadvallari asosida bajariladi. IP protokolining o„zi paketlarni uzatish to„g„ri yo„nalishini tanlashga imkon bermaydi. To„g„ri yo„nalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini ishlatishi kerak bo„ladi.
Bu protokollar ishning keyingi bo„limida ko„rib chiqiladi. Yo‟naltirish algoritmlarida ko„rsatkich sifatida yo„nalish uzunligi, mustaxkamlik, to„xtalish, o„tkazish yo„lining kengligi va yuklanishni ishlatish mumkin. IP tarmoqlarida manzillash negizi paketlarni yo‟naltirishga imkon beradi. Bir qadamli yo‟naltirish oxirgi tugunlarda va yo‟naltirgichlarda default qatorini ishlatish xisobiga yo‟naltirish jadvali hajmini kamaytirishga imkon beradi. IP protokoli paketlarni uzatishning to„g„ri yo„nalishini tanlashga imkon bermaydi. Paketlarni uzatishning to„g„ri yo„nalishini tanlash boshqaruv axborotlari bilan almashish protokollari asosida bajariladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin