1. O’tish xarakteristikasini olish usullari


Matematik tavsifni tuzish



Yüklə 14,4 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü14,4 Kb.
#207915
1   2
Matematik tavsifni tuzish. Echilayotgan masalaga muvofiq tanlangan fizik model asosida matematik tenglamalar tizimi yoziladi. Bu bosqichda, agar imkon bo‘lsa, tenglamaning ahamiyatsiz a’zolari olib tashlanib, tenglamalar soddalashtiriladi. Bunda tenglamadan olib tashlanayotgan a’zo masalani echishda hakikatan ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Modellovchi algoritmni ishlab chiqish masalasi matematik tavsifning tenglamalar tizimini echish usulini topishdan iborat. Model qanday mashinada, ya’ni rakamli (RHM), analog (AHM) yoki kombinatsiyalashgan (ARHT) mashinada amalga oshirilishiga ko‘ra algoritmni ishlab chiqish usuli tanlanadi. Konkret hisoblash mashinasining turini tanlash echilayotgan tenglama turi va hisoblash hajmiga bog‘liq.
Avtomatik rostlash tizimlarining statik va dinamik xossalari tizimdagi tarkibiy elementlarning shu xarakteristikalari orqali aniqlanadi.
Element yoki tizimning statik xarakteristikasi deb o‘rnatilgan rejim jarayonidagi chiqish va kirish parametrlarining nisbatiga aytiladi. Bu nisbat analitik yoki grafik usul bilan ifodalanadi va hisoblash yoki tajriba usullari bilan aniqlanadi.
3.) Rostlash sifatining ko‘rsatgichlari. Rostlash sifatining integral mezoni. Avtomatik rostlash sistemasi funksional sxemasi, energich turi bo‘yicha klassifikatsiyasi, rostlash qonunlari bo‘yicha turlari. Chiziqli va nochiziq rostlash qonunlari. Proporsional (P), proporsional-integral (PI), proporsional-integral- differensial (PID) rostlash qonunlari va rostlagichlar. Rostlagichlarining optimal sozlash parametrlarini xisoblashning (jadval) formula usuli. Rostlagichlarni kengaytirilgan chastotaviy xarakteristika usulida sozlash. Rostlgichlarni sozlashning so‘nmas tebranishlar usuli. Rostlagichlarini o‘zicha muvozanatlashuvchan va o‘zicha muvozanatlashmaydigan ob’ektlar uchun tanlash va sozlash usullari. Rostlagichlarini optimal sozlash usullari: kengaytirilgan chastotaviy xarakteristika usuli, formula (jadval) usuli, nomogramma usuli, so‘nmas tebranishlar usuli. Releli rostlagichlar yordamida avtomatik rostlash sistemalarini tahlil qilish. Rostlashning rele prinsipi. Vaqt relelari asosidagi rostlagichlar. Dasturlanadigan releli rostlagichlar. Kombinirlashgan avtomatik rostlash sistemalar va ularni hisoblash. Invariantlik prinsipi. Kaskad avtomatik rostlash sistemalari va ular uchun rostlagichlarni tanlash va sozlash. Ko‘p konturli avtomatik rostlash sistemalarni qo‘llanilish holatlari. Ko‘p konturli avtomatik rostlash sistemalarini hisoblash usullari. Ko‘p o‘lchamli boshqarish ob’ektlari. Sof kechikishli ob’ektlarni rostlash. Raqamli rostlash sistemalarining dinamik xarakteristikalari. Raqamli rostlash sistemalarining strukturaviy sxemalari. Tipik rostlash qonunlarining diskret analoglari. Raqamli rostlagichlarning optimal sozlash parametrlarini hisoblash. Holat fazosi usulida ko‘p o‘lchamli diskret rostlagichlarini sintez qilish. Kombinatsiyalashgan ARS. Kaskadli ARS. Oralik nuktadan qo‘shimcha impulsli ARSlar. O‘zaro bog‘lik rostlash sistemalari. Sof kechikishli ob’ektlarni xarakteristikalari. Ularni rostlashda qo‘llanuvchi rostlash konunlari. Rastlanish sifati. Korreksiya kiritish usullari. Nostatsionar ob’ekt turlari. Nostatsionar ob’ektlarni rostlash algoritmlari. Nostatsionar ob’ektlarni rostlash sifat ko‘rsatgichlari. Diskret PID rostlagichni parametrik sintezi. Diskret signallar bilan ishlash. Raqamli rostlagichlarni sozlash parametrlarini hisoblash usullari. Ko‘p o‘lchamli ARSlarida diskret rostlagichlarni hisoblash usullari. Rostlash sifati va algoritmlari. ABS optimal boshqarish usullari va algoritmlari. Optimallikka erishish turlari va usullari. Avtomatik rostlash jarayonining sifat ko`rsatkichlari
Avtomatik rostlash tizimlari turg‘un bo`lishi bilan bir qatorda, ma‘lum darajada sifatli rostlashni ham ta‘minlashi lozim. Rostlash jarayonining sifatiga bo`lgan talablar har qaysi konkret holda turlicha bo`lishi mumkin; deyarli barcha ARTlarning ishini tavsiflaydigan eng muhim sifat talablarini ko`rib chiqamiz. Keyinchalik bu talablarni sifat ko`rsatkichlari deb ataymiz. ART ning sifat ko`rsatkichlari tizimning o`tkinchi jarayondagi ishini tavsiflaydi. ARTning kirishiga birlik g‘alayon berilgandagi o`tkinchi jarayonning egri chizig‘i rasmda ko`rsatilgan. ART ning asosiy sifat ko`rsatkichlari: rostlash vaqti–o`tkinchi jarayon davom etadigan vaqt, o`ta rostlash jarayonining tebranuvchanligi,
barqaror xato, o`tkinchi jarayonining so`nish tavsifi va turg‘unlik zahirasi.
Yüklə 14,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin