Muntazir ul-amorot, Xabargirlar, Darveshlar, Satin ko’ylak, Bo’rk, O’nbegi, Yuzbegining, Mingbegi, Razvetka, Mirshab, Beklar begi, Amir ul umaro.
Maqsad: Talabalarga Amir Temur davridagi mudofaa inshootlari, qo’shin tuzulishi, harbiy qurol aslaha va kiyimlar, harbiylar askarlarga maosh tayinlash kabi masalalar haqida ma’lumot berishdan iborat. Amir Temur xukmronlik qilgan davr O’zbekiston tarixida chuqur iz qoldirdi. Amir Temur o’sha davrdagi eng jangovor armiyani tuzushga muvaffaq bo’ldi, harbiy strategyani rivojlantirdi. Shuning uchun qator g’alabalarga erishdi. Amir Temur yoshligidanoq Movarounnaxrdagi siyosiy ishlarga aralasha boshlaydi. Yosh Temur o’z viloyatini ko’chmanchilar talon tarojlaridan ximoyalash maqsadida mug’ul xonlari xizmatiga kirib, Tug’luq Temur yorlig’i bilan viloyat dorug’asi etib tayinlanadi. Xon oilasiga mansub qizga uylanib, “ko’ragon” xonning kuyovi unvonini olish orqali qonuniy xokimyatga ega bo’ladi. 1370yilda Amir Temur Husayinni engib Movarounnaxr xukmdori deb e’lon qilinadi. Shundan so’ng Amir Temur o’z oldiga markazlashgan davlat tuzushni maqsad qilib qo’yib Samarqandni poytaxt etib tayinlaydi.
Amir Temur davlatining harbiy kuchlari, uning tuzulishi, vazifalari, harbiy lavozim pog’onalari, armiyaning davlatdagi o’rni haqidagi ko’plab ma’lumotlar Amir Temur “tuzuklari” da va o’sha davrga mansub boshqa manbalarda keltirilgan.
XIX – XX asrlarga kelib, Amir Temurning harbiy maxorati xaqida rus va evropa tarixchilari maxsus tadqiqotlar yaratdilar. Ular orasida eng avvalo (Rossiya imperiyasi bosh shtabi harbiy-ilmiy komitetining a’zosi) M.I. Ivanin asrini takidlash o’tish lozim. U asarda Amir Temur armiyasining tuzulishi, qurol yarog’lari, harbiy xarakatlarini olib borish taktikalari haqida to’la yoritib borilgan.