O’nbegi va yuzbegining alohida chodiri bo’lgan. Mingbegining esa chodiridan tashqari soyaboni ham bo’lgan.
Ispan elchisi Kilavihoning ma’lumotlariga ko’ra Amir Temur har bir yurishi chog’ida moxir qurolsoz ustalarni qarorgohiga olib kelgan.
Amir Temurning mingga yaqin qurolsozlarning ustahonalari bo’lgan.
Amir Temur qo’shinlarining harbiy jang san’ati. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Jang vaqtida talab darajasida jangni olib borishi uchun zarur tadbirlar ishlab chiqilgan. O’nlik, yuzlik, minglik, hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga Amir Temur o’zi rahbarlik qilgan.
Amir Temurning harbiy san’at rivojiga qo’shgan ulkan ishlaridan yana biri qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman xujumidan muhofaza qilish va aksincha, dushman kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ort tomondan zarba berish maqsadida tuzulgan otliq qismning joriy etilishidir.
Amir Temur dushmanga qo’qisdan zarba berish usuli bilan shuhrat qozongan.
Odatda Amir Temur jangga ko’proq bahor, yoz va kuz oylarida chiqqan. Amir Temurning qo’shining umumiy soni 800 ming bo’lib aksaryat katta janglarda 100 ming bilan 250 ming oralig’ida bo’lgan.
X.Dadaboevning “Amir Temurning harbiy mahorati” nomli asarida 1404-yil oxirida Amir Temurning, Xitoy safariga otlangan qo’shining soni 272 ming 612 kishi bo’lganligini takidlab o’tadi.
Qo’shin dam olishga to’xtaganda yoki jangohga tushganda aravalar yordamidan zanjirband qilib o’ralgan. Istehkom kunduzgi – yazak, tungi-taloya soqchi bo’linmalar bilan qo’riqlangan.
Turli xil parokondaliklarga yo’l qo’ymaslik uchun xar bir bo’linmaning o’zining “o’roni” paroli bo’lgan.
Jangda jarohat olgan dushmanni orqasidan quvish uchun Amir Temur otliq askarlardan tuzilgan “quvg’unsi” bo’linmani ishga solgan.
Amir Temur armiyasida ichiga yonuvchi modda – naft solingan ko’zachalar, irg’ituvchi o’t sochish quroli – ra’dning uzluksiz ishlab turushini ta’minlovchi maxsus to’pchilar - ra’dondozlar mavjud bo’lgan.
Nizomiddin Shomiyning fikricha Ra’dondozlar Amir Temur tomonidan ilk marotaba 1379-yili Urganchni qamalida jangga solingan.
Jangu jadalda shijoat ko’rsatib dushman guruxini mag’lub etishga muvaffaq bo’lgan o’nbegi shaxar dorug’asi, yuzbegi esa viloyat xokimi vazifasiga tayinlangan. Biror mamlakat yoki yurtni egallagan amirga o’sha yerlar ma’lum shart va imtiyozlar asosida boshqarilishi uchun suyurg’ol tarzida inom qilingan. Bunday yerlar “darbasta suyurg’ol” deb yuritilgan. Ular davlat xazinasiga ham soliq to’lamagan. Oddiy askar jangda o’zini ko’rsatsa oylik maoshi oshirilib berilgan.
Klavihoning ma’lumotiga ko’ra temuriy lashkarboshi tinchlik chog’ida zarhal ip bilan tikilgan havorang satin ko’ylak kiygan. Uning boshida dur qimatbaho toshlar qadalgan bo’rk bo’lgan. Bo’rkning ostidan uch qator qilib o’rilgan ikki kokil elkaga tushub turgan. Bu Amir Temur askari ekanligini bildirib turuvchi belgilardan beri ekanligi takidlanadi. Amir Temur qo’shining jangovor holatini sahro, dasht va yaylovlarda ko’rkdan o’tkazgan. Maydonda xar bir qismga taluqli ko’k, sariq, binafsha, qizil, qora rangdagi bayroqlar hilpirab turgan.