Reja: 1- amir Temur haqida 2- amir Temurning ma’rifiy qarashlarida dinning o‘rni 3- amir Temurning ilm axliga bo‘lgan etibori



Yüklə 27,35 Kb.
səhifə1/4
tarix03.10.2023
ölçüsü27,35 Kb.
#151616
  1   2   3   4
AmirTEmur


Reja:
1- Amir Temur haqida
2- Amir Temurning ma’rifiy qarashlarida dinning o‘rni
3- Amir Temurning ilm axliga bo‘lgan etibori
4- Amir Temur umr bo’yi amal qilgan o’n ikki tamoyillari
5- Amir Temurning o’ziga xos sifatlari
6- Xulosa

Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay (1336-1406) . ma’rifiy qarashlari xususida fikr yuritishdan oldin uning ana shu ta’limoti shakllanishining zaminlari, diniy-axloqiy manba va ildizlari haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi.


Amir Temur ulug’ davlat arbobi bo’lish bilan birga zamonasining komilu fozil, benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat va iste’dod egasi, ilm-fan va madaniyatning noyob sohibi edi. Buyuk bobokalonimiz yoshlik kezlaridan boshlab Sharq tarixi va falsafasiga, adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymone’tiqod bilan qaragan. U xandasa, falaqiyot, mantiq, ilohiyot, fiqx, falsafa, tarix, axloqshunoslik, jug’rofiya, tibbiyot, adabiyot va san’at ilmlarini teran o’zlashtirgan. Zamonasining rasmiy uch tili, — turkcha, forscha va arabchani chuqur va mukammal bilgan. Temurning shijoatli ruhida ilm va ilm axdiga hurmatu e’zozi favqulodda kuchli bo’lgan. “Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Imon-e’tiqodli, halolpok inson bo’lib etishdi”. Amir Temur naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Baxouddin va u yaratgan ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan. Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan, ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan, buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan. Ilmiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur mudom, saltanatda erishgan jamiki narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsuddin alFaxuriyning duosi, Shayx Zaynuddin al-Havofiyning hikmati tufayli va barcha topgan barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan.
2.Amir Temur islom rahnamolari — sayyidlar, shayxlar, xo’jalarga samimiyat bilan munosabatda bo’lgan. Buyuk jahongirning islom diniga munosabati va tasavvuf ahliga e’tiqodi uning “Tuzuklar” va unga nisbat berilgan “Tarjimai hol” deb nomlangan asarlarida, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitoblari va boshqa ilmiy manbalarda o’z ifodasini topgan.
“Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigito’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim… O’z saltanatimni shariat bilan bezadim”. Amir Temur sayyidlarga mehribonlik qilib, ularni o’ziga yaqin tutgan. Ulamo va fozillarga izzat-ikrom ko’rsatib, ularni boshqalardan ustun va ulug’, deb bilgan. Diniy arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim oshirib, sovg’a-salomlar in’om etib turgan. “Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim. Turli mamlakatlardagi sadrlar va qozilarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim”
Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan, ularga zid ish qilishga zinhor yo’l bermagan. U islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan.
Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal o’zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo’lmagan biron-bir sohasi bo’lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur “Temur tuzuklari” misoldir.
Amir Temur yoshligida olishuv-kurash, ot o’yinlari, chavandozlik, poyga, merganlik (tirandozlik), qilichbozlik, nayzabochlik, tosh ko’tarish, uzoqqa chopish kabi musobaqalarda qatnashib, chiniqqan. Yoshligidagi bu o’yin-mashqlar keyinchalik sohibqironga juda asqotgan. O’zi o’yin-mashqlarda chiniqqan Amir Temur xalq o’yinlaridan o’z qo’shinini harbiy jihatdan tayyorlashda keng foydalangan. Jaxongir Amir Temur qo’shinini ruhiy va jismoniy bardam qilish uchun mashq, musobaqa, o’yinlar tizimini yaratgan. Amir Temur o’z sipohiylarining nihoyatda jasur, epchil va chaqqon bo’lishini talab etgan. O’z askarlarini qilichbozlik, nayza uloqtirish, merganlik, baland qoyadan arqonda chuqur soyga tushib o’zi bilan yana pastdan tosh olib chiqish va hokazo harbiytayyorgarlik mashqlaridan foydanishga o’rgangan. Amir Temur qo’l, qalqon, pichoq, qilich, yoy, nayza va tig’ bilan jang qila oladigan jismoniy va ruhiy baquvvat polvon, mergan, qilichboz askarlar – mahoratli jangchilar tayyorlash maktabini yaratgan. Amir Temur ulug’ligining zaminida uning ma’naviy sifatlari turadi. Sohibqiron bobomiz ma’naviyat, diniy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari markazida islom ta’limoti, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, tavhid, tafsir, fiqx, tasavvuf ilmi va falsafasi turganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi. Tasavvuf falsafasi Amir Temurga turonliklarning mo’g’ul istibdodiga qarshi erk va mustaqillik uchun boshlangan harakatlarga rahnomoligi uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi, milliy qahramonga aylanishida ma’naviy asos bo’ldi. Tasavvuf mohiyatini yoshligidanoq teran his qilib, anglab etgan bobomiz yurt mustaqilligi uchun muzaffar kurashga otlangan edi. U butun umri mobaynida davrining ulug’ mutasavvuflari, pirlari bilan suhbatdosh bo’ldi, ularning pand-nasihatlari, ma’naviy yo’l-yo’riqlari va ko’maklari sharofati bilan milliy davlat asoslarini yaratdi. madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va astoydil hurmat qilganligi haqida aniq ma’lumotlar berilgan. U o’z Vatani tarixini, ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi masalasida keng bilim va ma’lumotga ega bo’lgan. Amir Temur mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o’zini tarbiyalagan, o’ziga ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, Sharq donishmandlari – Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning tabiiyilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to’la xabardorligibugun hech kim uchun sir emas.
Amir Temur Sharqona an’analarga sodiq qolib, vaqti-vaqti bilan olimlar, faylasuflar, hokimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar, amirlar, vazirlar, dongdor san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari bilan kengashib, ularning maslahatini olib ish yuritgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida Eron imomlarining ulug’lari va Turon sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo’lmish nomdor ulamolar va fozilu fuzalolar bilan Amir Temur o’tkazgan kengash haqida hikoya qilingan. Unda Amir Temur, “o’tgan asrlardagi ulamolar sultonlarga yaxshilik va adolat bobida yo’l ko’rsatganlar, sizlar esa menga rahnomolik qilmaysizlar va men bajarishim vojib va lozim bo’lgan narsalarni menga aytmaysizlar… Menga tahsin aytish va mening mijozimga muvofiq gapirishingiz menga xush kelmaydi, vazifa shuki, sizlar har toifa har tomondan kelgansizlar, u tomonning yaxshi ham yomon ahvolu avzoyini menga aytinglar va hech nimani mendan yashirmanglar. Men bu so’zni sizlar menga ishonch bildiringlar yoki undan mening mulkimga biror foyda etsin, deb aytayotganim yo’q”38, deydi. Ana shu fikrlarning o’zi ham Amir Temur o’z davlatini faqat harbiy kuchga suyanib emas, balki aql-zakovat, dinu diyonat, ijtimoiy adolat qoidalariga asoslanib idora etganligini isbotlab turibdi. “Adolat kuchda emas, kuch-adolatdadir,” degan shior Amir Temur saltanatining ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qilgan.
3.Amir Temur olimu fuzalolar, diniy ulamo va allomalar boshini doimo silab turganligi o’laroq, firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan faylasuflar, fiqxshunoslar, tarixchilar, musiqashunoslar, munajjimlar, muhaddislar, mutasavvuflar maskani bo’lgan. Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, Xoji Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Nizomidtsin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn Arabshox, Sa’diddin bin Umar Taftazoniy va boshqa allomalar Amir Temur rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissalarini qo’shganlar. Ushbu dalillar Amir Temurning dunyoqarashi, din, odob-axloq, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat haqidagi fikr va mulohazalari zaminsiz paydo bo’lmaganligidan dalolat beradi. Shaxsan Amir Temurning o’zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo’g’rilgan saltanat edi.
Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining mohiyatini chuqur va mukammalroq bilib olish uchun uning o’zlari tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u hakda yozgan asarlarini ko’zdan kechirish kifoyadir. “Temur tuzuklari”, “Amir Temur o’gitlari”, “Amir Temur vasiyati”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma”, B.Ahmedovning “Tarihdan saboqlar” va “Amir Temur”, Evgeniy Berezikovning “Buyuk Temur”, Ashraf Ahmedovning sohibqiron tarjimai holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va serqirra hayoti va ijgimoiy-siyosiy faoliyati uning “Tarjimai holi” da va “Tuzuklari” da chuqur bayon etilgan. Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’na-viyat va ma’rifatning jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlarini uning farzandlariga qoldirgan vasiyat so’zlarida yaqqolroq namoyon etilgan: “O’g’illarim, millatning ulug’ martaba-sini, saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va “Tuzuklar” imni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangiz. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o’lsin. Men kabi uzun saltanat surmak istasangiz qilichingizni yaxshi o’ylab chekingaz. Bir daf’a chekkanda so’ngrada uni ustalikla qo’llangiz. Orangizda nifoq tuxumlari ekilmasligi uchun ko’p diqqat bo’ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajaqdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko’rsatdim. Bularga sodiq qolsangaz tosh boshingizga tushmas”. Amir Temurning farzandlari-yu nabiralariga qilgan o’gitlari va yo’l-yo’riqlariga uning o’zi umrbod qat’iy amal qilgan. Jamiyatda ijtimoiy adolat tantanasi uchun kurashda ikkilanish, chekinish nimaligini aslo bilmagan. U kuch-qudrat zo’rlik, zo’ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini chuqur anglab etdi. Adolatni kuch bilan, kuchni esa adolat bilan uyg’unlashtirdi. Temur tamg’asining naqshi “Rosti-rusti” bo’lib, bu “Haqgo’y bo’lsang – najot topasan”, demaqdir. Sohibqiron“Kuch-adolatdadir”, degan shiorga qat’iy amal qilib, davlatni boshqargan, jabr-sitam yo’lini berkitgan. O’z davrida hech bir davlatda bo’lmagan va tarihda kamdan-kam uchraydigan lavozim — “Adolat amiri” lavozimini ta’sis etgan.
Adolat Amir Temurning yurak dardi, hayotining mazmuniga aylanganligiga uning hayot dasturi bo’lmish “Tuzuklar” guvohlik beradi: “Endi mening nomdor baxtiyor farzandlarim va mamlakatlarni zabt etuvchi iqtidorli nabiralarimga yo’l-yo’rig’im shulki, men o’n ikki narsani o’zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga erishdim. Shu o’n ikki narsa yordamida mamlakatlarni zabt etib, saltanatimni boshqardim va saltanat taxtiga zebu ziynat berdim. Ular ham ushbu tuzukka amal qilsinlar. Davlatu saltanatimni va o’zlarini ehtiyot qilsinlar”

4.Amir Temur umr bo’yi amal qilgan o’n ikki tamoyillardan



Yüklə 27,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin