Reja: 1- amir Temur haqida 2- amir Temurning ma’rifiy qarashlarida dinning o‘rni 3- amir Temurning ilm axliga bo‘lgan etibori



Yüklə 27,35 Kb.
səhifə3/4
tarix03.10.2023
ölçüsü27,35 Kb.
#151616
1   2   3   4
AmirTEmur

Birinchi sifat: «Men sifatlarimning eng avvali deb beg’arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradimhech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdim, boyni kambag’aldan ustun qo’ymadim».
Ikkinchi sifat: «Men har doim Islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug’langan shaxslarga-hurmat bilan qaradim».
Uchinchi sifat: «Men kambag’allarga ko’p xayr-ehson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim».
To’rtinchi sifat: «Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf’ etkurdim. Bunda birovga nohaq ozor etkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim. Qur’ondagi parvardigorning Allohning amriga bo’ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini o’zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo’yi barcha yumushlarimda unga amal qildim».
Beshinchi sifat: «Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib bo’lgandan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim».
Oltinchisifat: «Barcha so’zlarimda doim haqiqatgo’ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg’ondan ajrata bildim».
Ettinchi sifat: «Men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va’daga xilof ish qilmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo’lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim».
Sakkizinchi sifat: «Doimo o’zimni Allohning erdagi mulkining posbon deb bildim va parvardigorning iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar etkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon bi-rovning mulkiga ega bo’lishga intilmadim va, shuningdek, hech qachon ko’proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir Husayn bilan bo’lgan voqea menga ibratli bo’ldi. O’z fuqarolarining mol-mulkiga nisbatan ochko’zligi pirovardida uni halokatga olib keldi».

Yüklə 27,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin