To’qqizinchi sifat: «Men har doim tangrining amrini va uning payg’ambar Muhammad (s.a.v.)ning hadislarini to’la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo’sunlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o’zimni tiydim. Payg’ambar va uning sahobalarini o’zimning yagona va eng yaxshi do’stlarim deb bildim».
O’ninchi sifat: «Men har doim insof bayrog’ini baland ko’tardim va iymon tarqatigani o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug’ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat, buyuk bo’ladi».
O’n birinchi sifat: «Men doim sayyidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chakirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdoredi».
6.Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va hurma’no o’gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni hadsiz xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Bu o’gitlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish: goh muvaffaqiyatli, goho muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona — pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va uni idora qilish, g’olibona harbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida buzilmas do’stlik, mehr-shafqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag’ishlangandir. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra Sohibqiron Amir Temur o’gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir: a) din va shariat;
b) davlat va uni idora etish;
Shunday qilib Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarlari olamshumul tarixiy voqealarni haqqoniy aks ettirgan tarixiy yodgorlikdir, undagi odob-axloq, vatanparvarlik va adolatparvarlik g’oyalarini yoshlar qalbiga etkazib berish bizning burchimizdir.